“Yuksalish” umummilliy harakati – nodavlat notijorat tashkiloti va uning hududiy bо‘linmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram kanalining yozishicha, qarorga muvofiq davlat boshqaruv organlari, hokimliklar о‘z faoliyatini “Yuksalish” harakatining mustaqilligi va uning faoliyatiga aralashmaslik prinsiplariga qat’iy rioya qilgan holda hamkorlikda amalga oshiradi.
“Yuksalish” harakati raisi (Akmal Burhonov - tah.) maqomi, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlariga kо‘ra vazirga tenglashtiriladi.
“Yuksalish” harakatining hududiy bо‘linmalarini zarur texnika bilan ta’minlash mahalliy byudjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
Eslatib о‘tamiz, avvalroq О‘zbekistonda yangi umummilliy harakat tashkil etilgani xabar qilingandi.
Eslatib о‘tamiz, tashkilot rahbari Akmal Burxonov Kun.uz'ga bergan intervyusida «Yuksalish» umummilliy harakati maqsad va vazifalari, kelajakdagi rejalari haqida aytib bergandi.