Tillar:       O'z       En       Ру    

Normativ xujjatlar

Hujjat nomi: Vazirlar Mahkamasining О‘zbekiston Qizil kitobi bо‘yicha qarori qabul qilindi

Saytga qo'yilgan: 10 04 2019


Mazmuni

/ Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. / Ташкентская область Чирчикский педагогический институт / Chirchiq State Pedagogical Institute of Tashkent region.  /  /  /  /   /

Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2018 yil 17 iyuldagi PQ-3861-son qarori ijrosini ta’minlash, kamyob va yо‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi tarzda о‘suvchi о‘simliklarning turlari (kichik turlari)ni saqlab qolish va qayta kо‘paytirishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Quyidagilar:

О‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi tо‘g‘risidagi nizom;

Kamyob va yо‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va о‘simliklarni saqlab qolish bо‘yicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.

О‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini  tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi tо‘g‘risidagi nizomga kо‘ra, Qizil kitob О‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan hayvonlar, yovvoyi о‘simliklar va qо‘ziqorinlar turlarining (kenja turlarining) holati, tarqalishi, kamyoblik maqomi va yо‘qolib ketish xavfining maqomi va muhofaza choralari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui hisoblanib, kamyob va yо‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarning (kenja turlarning) muhofazasi va ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.

Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish bо‘yicha vakolatli davlat tashkilotlari hisoblanadi:

uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bо‘yicha  – О‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etish davlat qо‘mitasi;

uni nashr etishga tayyorlash bо‘yicha  – О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.

Qizil kitobga hayvonot va о‘simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bо‘yicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti ishlab chiqadi.

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bо‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yо‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va о‘simliklarni muhofaza qilish bо‘yicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash va nashr etish bо‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish bо‘yicha takliflarni tayyorlash va ularning muhokamasida ishtirok etish;

Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritish (zamonaviy holati va holatining о‘zgarishi borasidagi tendensiyalar tо‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish bilan birgalikda);

Qizil kitobning rasmiy nashrlariga turlar  bо‘yicha suratli ilmiy mavzular, maqolalar tayyorlash;

Qizil kitobni nashr etishni tashkil etish va uning rasmiy nashrlarini tarqatishni ta’minlash.

Quyidagilar Qizil kitobni nashr qilish bо‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish va undan chiqarish bо‘yicha takliflarni kо‘rib chiqishni tashkillashtirish;

Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;

Qizil kitobga kiritilgan turlardan (kenja turlardan) foydalanish sohasi bо‘yicha ruxsat berish tusidagi hujjatlarni taqdim etish;

Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritishni tashkil etish va ta’minlash;

Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastrini yuritish;

Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) populyatsiyalari va ularning holati bо‘yicha davlat monitoringini amalga oshirish;

Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda ishtirok etish.

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.