Tillar:       O'z       En       Ру    

Normativ xujjatlar

Hujjat nomi: Davlat organlari va tashkilotlarda gimnastika soatlari va “Salomatlik kuni” o‘tkaziladi

Saytga qo'yilgan: 10 04 2019


Mazmuni

/ Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. / Ташкентская область Чирчикский педагогический институт / Chirchiq State Pedagogical Institute of Tashkent region.  /  /  /  /   /

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Prezident qaroriga ko‘ra, shunday tartib o‘rnatilishi belgilanmoqdaki, unga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida:

  • ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari;
  • haftasiga kamida bir marotaba xodimlarning jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda (yugurish, suzish, futbol, voleybol, basketbol, tennis va boshqalarda) ishtirok etishini nazarda tutadigan “Salomatlik kuni”;
  • muntazam ravishda xodimlar orasida ommaviylashgan sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari va boshqa jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar o‘tkazib borilishi amaliyotga joriy etiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari texnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqib, xodimlariga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslarni belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:

a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

  • ishlab chiqarish gimnastikasining namunaviy mashqlar kompleksini;
  • transportda qatnash jihatidan qulayligi va masofani inobatga olgan holda korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xodimlariga shug‘ullanish uchun tavsiya etiladigan sport inshootlari ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yilning 1 apreliga qadar tuman (shaharlar) bo‘yicha zonalarga bo‘lib hamda ish faoliyatining tavsiflari, mashg‘ulotlarning narxi, ish vaqti va boshqa ma’lumotlarni keltirib o‘tgan holda, sport inshootlarining yagona bazasini yaratsin hamda Internet tarmog‘iga joylashtirilishini ta’minlaydi.

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.