12.04.2020
Prezident tomonidan 2020 yil 10 apreldagi O‘RQ-615-son Qonun imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va «Rivojlanish strategiyasi» markazi 21 oktabrni O‘zbek tili bayrami kuni deb e’lon qilish tashabbusi bilan chiqqan edi. Ushbu taklif davlatimiz rahbari tomonidan o‘tgan yili ma’qullangan edi.
Ushbu sana bejiz tanlanmagan: 21 oktabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. 1989 yilning shu kunida «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan (21.12.1995 yildagi tahrirda amal qilmoqda, tahr. izohi). Prezident tomonidan qonunning bugungi kun talablarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan yangi tahririni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2020 yildan kuchga kirdi.
Podrobnee: https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/21_oktyabr_-_uzbek_tili_bayrami_kuni