Tillar:       O'z       En       Ру    

INFORMATIKA KAFEDRASI

 


111700, Chirchiq sh., Amir Temur ko‘chasi, 104-uy.

https://www.sspi.uz

informatika@sspi.uz 

+99897-707-53-93

Kafedra mudiri
Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich


 

Kafedra 2019 yil yanvarda tashkil topgan va bugungi kunda aniq fanlar fakulteti tarkibiy tuzilmasi sifatida faoliyat olib bormoqda va quyidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydi: 

bakalavriat - «Pedagogik ta’lim» (tayyorlov yo‘nalishi: informatika o‘qitish metodikasi).

 

Bugungi kunda kafedrada axborot texnologiyalari, kompyuter lingvistikasi, axborot xavfsizligi, dasturlash, kompyuter grafikasi, pedagogika va axborot texnologiyalarining xalq va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi yo‘nalishlarining amaliy va nazariy sohalari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, yetuk mutaxassislardan iborat jamoa shakllangan va faoliyat olib bormoqda. Ulardan mutaxasissligi bo‘yicha yetakchi bo‘lganlarini quyida keltirib o‘tamiz:

 Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan fanlar:


«Algoritmlar» fani orqali ishlab chiqarishning turli sohalariga ta`alluqli bo`lgan masalalarni echish algoritmlarini va dasturini tuzish yo`llari hamda usullarini bilib olinadi.  Informatikada masala еchish tushunchasi dеganda axborotlar­ni qayta ishlab, natijani oldindan bеlgilangan ma'lum bir ko’rinishga olib kеlish tushuniladi. Kompyutеrdan foydalanib masalani еchish - yaratilgan algoritmga asoslangan xolda dastlabki ma'lumotlar ustida avtomatik tarzda amallar bajarilib izlangan natija (natijalar) ko’rini­shiga kеltirish dеmakdir.



Adabiyotlar

Amaliy ishlar Amaliyotlar

Audio darslar

Boshqa elektron resurslar Video darslar

Glassariylar

Labaratoriya ishlari Ma'ruza matnlari 

Mustaqil ishlar

Nazorat savollari Taqdimotlar
Testlar
Fan dasturari

Tarqatma materiallar





Bu sonda ma'lumot joylanmagan.


Fanni o‘qitishdan maqsad- informatika oʻqituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim web-dizaynga oid boʻlgan bilimlar va amalda qoʻllash uchun koʻnikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak boʻlgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Web-dizayn fanining vazifasi:

Web-texnologiyalar va ularning asoslari;

zamonaviy axborot texnologiyalari orqali olinayotgan ma’lumotlarning qanday hosil qilinishi va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlarni berish;

Web - saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari bilimlar bilan tanishtirish;

Flash muhitida oddiy va interfaol animasiyalar, flash saytlar yaratishga oʻrgatishdan iborat;

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qoʻyiladi. Talaba:

internetda dizayn asoslari, html teglari, web - saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari haqida ma’lumotlar, flash va dinamik saytlar va ularni yaratish haqida, Apache, ServerGo serverlari, saytni testlash va baholash asoslari haqida bilimga.




Adabiyotlar

Amaliy ishlar Amaliyotlar

Audio darslar

Boshqa elektron resurslar Video darslar

Glassariylar

Labaratoriya ishlari Ma'ruza matnlari 

Mustaqil ishlar

Nazorat savollari Taqdimotlar
Testlar
Fan dasturari

Tarqatma materiallar







 «Dasturlash tillari» fani insonlarda axborot muhitida ma‘lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki ma‘lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatlarini oshiradi.

«Dasturlash tillari» Fanining o‘qitishdan maqsad - zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy komp‘yuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta‘minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikasion texnologiyalar, Web-dizayn asoslari, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.



Adabiyotlar

Amaliy ishlar Amaliyotlar

Audio darslar

Boshqa elektron resurslar Video darslar

Glassariylar

Labaratoriya ishlari Ma'ruza matnlari 

Mustaqil ishlar

Nazorat savollari Taqdimotlar
Testlar
Fan dasturari

Tarqatma materiallar







XXI-asr taraqiyot va kuchli sivilizatsiyaning asri sifatida tasavvur qilinmoqda. Ayni vayitda har bir shaxs ongli ravishda turli sohalar, turli yo‘nalishlar haqida, ularning maqsadi va asl ko‘rinishi haqida bilishi zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Atrofimizdagi har bir narsa hodisaga hox u yaxshi,  hox u yomon  bo‘lishidan qatiy nazar o‘z fikriga, o‘z dunyo qarashlariga ega bo‘lishi kerakligi hammamizga ma’lum.

Mustaqil O‘zbekistonning taboro takomillashib borayotgan har bir sohasida mehnat qilish, sidqidildan faoliyat ko‘rsatish har bir Vatan farzandlarining muqaddas burchidir!

Shu jumladan, biz ustoz va pedagog xodimlar zimmasiga yurtimiz taraqiyotiga muhim o‘rin egallaydigan soha bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va kelajakda jaxon talabi darajasidagi kuchli kadrlar tayyorlab berish vazifasi yuklanmoqda. Chunki, xozirgi zamon pedagogikasi har bir kasb egasini o‘z sohasining ustasi qilib tarbiyalash, bundan tashqari o‘z qarashlari bilan ajiralib turadigan, mustaqil yoshlarni yetkazib berish zarur.



Adabiyotlar

Amaliy ishlar Amaliyotlar

Audio darslar

Boshqa elektron resurslar Video darslar

Glassariylar

Labaratoriya ishlari Ma'ruza matnlari

Mustaqil ishlar

Nazorat savollari Taqdimotlar
Testlar
Fan dasturari

Tarqatma materiallar







Bu sonda ma'lumot joylanmagan.


Фаннинг мақсади: талабаларни таълим жараѐнида қўлланиладиган замонавий ахборот коммуникация технологияларидан фойдаланиш ва ахборотларни йиғиш , қайта ишлаш  узатиш  ҳақидаги билимларини ривожлантириш.

Фаннинг вазифалари:

- талабаларнинг ахборот коммуникация технологиялари ҳақидаги билим ва кўникмаларни ривожлантириш;

- талабаларнинг таълим жараѐнларида ахборот-коммуникация технологияларини қўллай олиш кўникмаларини ривожлантиришдан иборат.

Фан бўйича талабаларнинг билими, кўникма ва малакасига қўйиладиган талаблар: Талаба:

-замонавий ахборот-коммуникация технологиялари ва уларнинг турларини;

- мультимедиа ва унинг ташкил этувчиларини;

- виртуал борлиқ ва унда қўлланадиган технологияларни;

- компьютер тармоқларини ва унинг турларини;

- интернет тармоғининг асосий хизматларини билиши;

Талаба:

-замонавий ахборот-коммуникация технологияларидан таълим жараѐнида фойдаланиш;

- мультимедиа ва унинг техник-дастурий воситаларида ишлай олиш;

- интернет тармоғининг асосий хизматлари ва ресурсларидан фойдалана олиш;

- ziyonet.uz таълим порталида ишлаш кўникмаларга эга бўлиши.

 Талаба:

- ўз мутахассислигида ахборот-коммуникация технологияларидан фойдаланиш;

- дарс ишланмаларини яратишда мультимедиа имкониятларини қўллаш;

 - интернет тармоғининг асосий хизматларини машғулотларни ташкил этишда қўллаш;

- ziyonet.uz ахборот таълим порталидан ахборот олиш асосида дарсларни ташкил этиш малакаларга эга бўлиши;

Фанни ташкил этиш ва ўтказиш бўйича тавсиялар

Таълимда ахборот-коммуникация технологиялари модули назарий ва амалий машғулотлар шаклида олиб борилади. Назарий машғулотларда замонавий ахборот-коммуникация технологиялар ҳақида маълумотлар берилади. Амалий машғулотларда техник воситала ҳамда амалий дастурлардан фойдаланиш ўргатилади.

Фаннинг услубий жиҳатдан узвий кетма-кетлиги Асосий қисмда (назарий) фаннинг мавзулари мантиқий кетма-кетликда келтирилади. Ҳар бир мавзунинг моҳияти асосий тушунчалар ва тезислар орқали очиб берилади. Бунда мавзу бўйича талабаларга етказилиши зарур бўлган билим ва кўникмалар тўла қамраб олиниши керак. Асосий қисм сифатига қўйиладиган талаб мавзуларнинг долзарблиги, уларнинг давлат талабларига ва таълим тизими эҳтиѐжларига мослиги, мамлакатимизда бўлаѐтган ижтимоий-сиѐсий ва демократик ўзгаришлар, иқтисодиѐтни эркинлаштириш, иқтисодий-ҳуқуқий ва бошқа соҳалардаги ислоҳотларнинг устувор масалаларини қамраб олиши ҳамда фан ва технологияларнинг сўнгги ютуқлари эътиборга олиниши тавсия этилади.

Фаннинг таълимдаги ўрни Талабаларни таълимда ахборот-коммуникация технологиялари билан таништириш, амалда қўллаш ва шу орқали таълим самарадорлигини таъминлаш.




Adabiyotlar

Amaliy ishlar Amaliyotlar

Audio darslar

Boshqa elektron resurslar Video darslar

Glassariylar

Labaratoriya ishlari Ma'ruza matnlari

Mustaqil ishlar

Nazorat savollari Taqdimotlar
Testlar
Fan dasturari

Tarqatma materiallar






Bu sonda ma'lumot joylanmagan.


Fanni o‘qitishdan maqsad: talabalarni kompyuter texnologiyalarining asosiy va aktual bo‘limlaridan biri  xisoblangan kompyuter grafikasining dasturiy va texnik vositalari bilan tanishtirish. Kompyuter imkoniyatlarini o‘rganib chiqqan xolda, talaba zamonaviy texnologiyalaridan o‘z mutaxassisligiga doir masalalarni xal etishda foydalanishni bilishi lozim. Ma’ruza mashgulotlarida o‘zlashtirilgan nazariy ma’lumotlarni amaliy mashg‘ulotlar bajarish orqali mustaxkamlash nazarda tutilgan. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarga kompyuter grafikasi fanni o‘rgatish, ularga grafik axborot texnologiyalari haqidagi bilimlarni beradi va professional faoliyatida ulardan samarali foydalanishga tayyorlaydi. Ma’ruzalar matni «Kompyuter grafikasi» namunaviy dasturi asosida ishlab chiqilgan.  




Adabiyotlar

Amaliy ishlar Amaliyotlar

Audio darslar

Boshqa elektron resurslar Video darslar

Glassariylar

Labaratoriya ishlari Ma'ruza matnlari 

Mustaqil ishlar

Nazorat savollari Taqdimotlar
Testlar
Fan dasturari


Tarqatma materiallar







Mazkur fanning maqsadi talabalarga tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda lingvistikaga doir masalalar (tillarni o‘qitish, bilimlarni baholash, matnlarni tahrir qilish, tarjima dasturlarini yaratish, matnlarni qayta ishlash, matnlar korpusini yaratish, matnlarni ovozlashtirish kabilar)ni kompyuter vositasida hal qilish yo‘llari, kompyuter savodxonligi darajasini oshirish, mantiqiy to‘g‘ri, izchil fikrlashga o‘rgatish, ularda nazariy bilimlarni shakllantirish va o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalda qo‘llashga oid ko‘nikmalarni hosil qilishni nazarda tutadi.

Shuningdek, ushbu kurs filolog talabalarda Kompyuter lingvistikasi bo‘yicha chuqur bilimlarni shakllantirish, kompyuter lingvistikasi tamoyillarini o‘zlashtirish, matematik modellar tuzish bo‘yicha bilimlarni oqilona qo‘llash qobiliyatini rivojlantirish, matematik mantiq asosida fikrlashga o‘rgatish, til va adabiyotga doir kompyuter dasturlarini yaratish, algoritm va kompyuter dasturlari asoslarini berish kabi vazifalarni qo‘yadi. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar ilmiy jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.





Adabiyotlar


Amaliy ishlar Amaliyotlar

Audio darslar

Boshqa elektron resurslar Video darslar

Glassariylar

Labaratoriya ishlari Ma'ruza matnlari

Mustaqil ishlar

Nazorat savollari Taqdimotlar
Testlar
Fan dasturari

Tarqatma materiallar






Adabiyotlar

Amaliy ishlar Amaliyotlar

Audio darslar

Boshqa elektron resurslar Video darslar

Glassariylar

Labaratoriya ishlari Ma'ruza matnlari 

Mustaqil ishlar

Nazorat savollari Taqdimotlar
Testlar
Fan dasturari

Tarqatma materiallar






5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ixtisosligi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlash Davlat ta’lim standartida mutaxassislik fanlari qatorida “Matematik va kompyuterli modellashtirish asoslari” o‘quv fani alohida o‘rin tutadi.

Ushbu fanning asosiy maqsadi – bakalavrlarda amaliy masalalarni hal etishda modellashtirish usul va vositalaridan foydalanish, hususan matematik va kompyuterli modellashtirish texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirib olish, ta’lim tizimiga oid ilmiy izlanishlarda ulardan unumli foydalana olish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.




Adabiyotlar

Amaliy ishlar Amaliyotlar

Audio darslar

Boshqa elektron resurslar Video darslar

Glassariylar

Labaratoriya ishlari Ma'ruza matnlari 

Mustaqil ishlar

Nazorat savollari Taqdimotlar
Testlar
Fan dasturari

Tarqatma materiallar








Fanni o‘qitishdan maqsad - informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo’lgan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari haqida tushunchalar: ma'lumotlar bazasi turlari, ulami bashkil etish, tahrirlash, ish joylami avtomatlashtirishda undan foydalanish, jadvaldan ma’lumotlami tanlashda SQLdan foydalanish, SQL -  so‘rovlar yaratish, SQL server va undan foydalanish, “kliyent server" texnologiyasi borasidagi bilimlar va amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalami shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.






Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to`ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o`qitish natijalarini o`zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.




Adabiyotlar

Amaliy ishlar Amaliyotlar

Audio darslar

Boshqa elektron resurslar Video darslar

Glassariylar

Labaratoriya ishlari Ma'ruza matnlari

Mustaqil ishlar

Nazorat savollari Taqdimotlar
Testlar
Fan dasturari

Tarqatma materiallar






Bu sonda ma'lumot joylanmagan.

Ta‘limda axborot texnologiyalari fani

 

 «Ta‘limda axborot texnologiyalari» fani insonlarda axborot muhitida ma‘lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki ma‘lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatlarini oshiradi.

«Ta‘limda axborot texnologiyalari» Fanining o‘qitishdan maqsad - zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy komp‘yuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta‘minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikasion texnologiyalar, Web-dizayn asoslari, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.

 

Ta‘limda axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha elektron malumotlar quyidagi havolalarda berilgan:


Kirish

Fan dasturlari

Maruza materiallari

Interfaol talim metodlari

Amaliy ishlar

Laboratoriya ishlari

Mustaqil ishlar

Glossariy

Adabiyotlar royxati

O’quv uslubiy majmua


Ta’limda multimediya texnologiyalaridan foydalanish


Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari: 

  • Axmedjonov D.G‘., texnika fanlari doktori, dotsent, axborot texnologiyalarining qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Gulboev N.A., texnika fanlari nomzodi, dotsent, axborot texnologiyalari va dasturlash sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Jo‘raeva N.V., texnika fanlari nomzodi, kompyuter lingvistikasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Gaynazarov S.M., fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent, axborot texnologiyalari va dasturlash sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Mamarajabov M.E., pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, informatika o‘qitish metodikasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Sultonov B.., texnika fanlari nomzodi, dotsent, axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Maxmudova D.M., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktor (RhD), informatika o‘qitish metodikasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Karpova O.V., fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent, ta’lim texnologiyalari va dasturlash sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis
  • Xurramov A.J., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktor (RhD), informatika o‘qitish metodikasi va kompyuter grafikasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Boymurodov A.X., katta o‘qituvchi, veb dizayn va kompyuter grafikasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Ismoilov A.A., katta o‘qituvchi, ma’lumotlar bazasi va dasturlash sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.

Ta’lim jarayonini qiziqarli tashkil etish uchun ta’lim natijalarini amaliyotga joriy etishda qatnashuvchi kadrlar buyurmachilari va boshqa ishlab chiqarish korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda yetakchi mutaxassislari jalb etiladi. Bu mutaxassislar pedagogik ta’lim, axborot xavfsizligi, veb dizayn, kompyuter grafikasi va dasturlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislar hisoblanadi.

O‘quv jarayonini aktivlashtirish uchun kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, multimediya vositalarini qo‘llashadi hamda soha bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurtlariga ekskursiyalar uyushtiriladi. 

Nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyot bilan chambarchas bog‘lash uchun bir qator o‘rta umumta’lim maktablarida amaliyot mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Kafedra ilmiy-tadqot va ijodiy ishlarni rivojlantirish maqsadida quyida keltirilgan qator oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ularga: O‘zR FAga qarashli Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tekshirish instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti va umumta’lim maktablarini kiritish mumkin. 

Kafedra hamkorlikda loyihalar tayyorlash, ilmiy stajirovkalar va o‘quv amaliyotlarni tashkil etish maqsadida bir qator Yevropa va MDH mamlakatlarining universitetlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda. Ular:

  • Chimkent mintaqaviy innovatsion Universiteti (Qozog‘iston);
  • Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti (Qozog‘iston);
  • Novosibirsk davlat pedagogika universiteti (Rossiya);
  • Lefke Yevropa universiteti (Shimoliy Kipr).

 

            Kafedrada quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi:

  • Umumiy o‘rta ta’lim tizimidainformatika va axborot texnologiyalari o‘qitishda innovatsion klaster usuli;
  • Ta’lim tizimini axborotlashtirishning dolzarb muammolari;
  • O‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirib o‘qitish metodikasini takomil-lashtirish;
  • O‘rta umumta’lim maktablarda informatika fanini o‘qitish uchun elektron resurslar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
  • Interpolimer kompleksdan xosil qilingan ekran yordamida suv iqtisodi va melioratsiya masalalarining matematik modeli.

            Kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda mintaqaviy va xalqaro seminarlar, konferensiyalarga ishtirok etib borishadi. 

 

Ta’lim yo‘nalishlari va tayyorlash darajasi: 


oliy ta’lim - bakalavriat

Kod

Yo‘nalish

tayyorlash profili

5110700

Informatika o‘qitish metodikasi 

Daraja: bakalavr

Informatika
kunduzgi, 4 yil;
Ta’lim tili: o‘zbek va rus tilida.


 

Professor-o‘qituvchilar tarkibi 

Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich

t.f.d., dotsent,kafedra mudiri

Gulboev Ne’matulla Abdukarimovich

t.f.n., dotsent

Jo‘raeva Nilufar Vayitovna

t.f.n., dotsent

Gaynazarov Sulton Mamanazarovich

f-m. f. n., dotsent

Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich

p. f. n., dotsent

Sultonov Bozorboy

t.f.n., dotsent

 

Maxmudova Dilfuza Melievna

p.f.n.

Karpova Olga Vladimirovna

f-m.f.n.

Xurramov Anvar Jumanazarovich

p.f.n.

Boymurodov Adxam Xushimkulovich

katta o‘qituvchi

Ismoilov Azamat Arslanboevich

katta o‘qituvchi

Duysenov Nurmaxambet Elamaovich

katta o‘qituvchi

Jomirzaev Abdug‘ofur Abduraximovich

katta o‘qituvchi

Kamolov Eshmurod Raxmonovich

katta o‘qituvchi

Xolmetova Muxabbat Xudoynazarovna

o‘qituvchi

Yuldasheva Gulshad Tleuovna

o‘qituvchi

Axmedov Bekjan Askarovich

o‘qituvchi

Sultonov Ravshan Otonazarovich

o‘qituvchi

Qurolov Yo‘ldosh Abdullaevich

o‘qituvchi

Raxmonova Gulxayo Sayidjon qizi

o‘qituvchi

Qudratilloev Navshod Abdulloevich

o‘qituvchi

Rajabov Oybek Tog‘aymurod o‘g‘li

o‘qituvchi

Raximov Sanjar Muxammadovich

o‘qituvchi

Rizaev Odil Baxtiyor o‘g‘li

o‘qituvchi

 

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.