Tillar:       O'z       En       Ру    

XORIJIY TILLAR KAFEDRASI


111700, Chirchiq sh., Istiqbol ko‘chasi, 2-A uy.

https://www.cspi.uz

fldepartment@cspi.uz

+99870-716-68-36

+99890-136-48-49

Kafedra mudiri
Yusupova Muhabbat Anatolevna


 

Kafedra 2018 yil sentabrda tashkil topgan va bugungi kunda Tarix va tillar fakulteti tarkibiy tuzilmasi sifatida faoliyat olib bormoqda hamda quyidagi ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydi: 

  • bakalavriat - «Pedagogik ta’lim» (tayyorlov yo‘nalishi: xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili));
  • bakalavriat - «Pedagogik ta’lim» (tayyorlov yo‘nalishi: xorijiy til va adabiyoti (nemis tili));
  • magistratura - «Pedagogik ta’lim» (tayyorlov yo‘nalishi: xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)).


Bugungi kunda kafedrada xorijiy tillar (ingliz va nemis tillari) bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, yetuk mutaxassislardan iborat jamoa shakllangan va faoliyat olib bormoqda. Ulardan mutaxasissligi bo‘yicha yetakchi bo‘lganlarini quyida keltirib o‘tamiz:

 

Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari: 

  • Maxmatqulov X.M., pedagogika fanlari nomzodi, dotsent v.b., ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Yusupova M.A., ingliz tili mashg‘ulotlarida loyihalash texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Sanakulov Z.I., nemis tili o‘qitish bo‘yicha yetakchi mutaxassis.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar (nemis tili va adabiyoti):



“Xorijiy til” fani ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘langan. Ushbu fan Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining ikkinchi til fani hisoblanadi.  Oliy ta’lim muassasasini  ushbu  ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bakalavrlar  Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanadilar.

 Fanning maqsadikasbiy yo'nalish doirasida tilning og'zaki va yozma shakllarini o'rgatish, ularning ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, til to'g'risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko'nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo'llay olishlarini ta'minlashdir.

Fanning vazifasi umum e'tirof etilgan xalqaro me'yorlarga ko'ra talabalarning o'rganilayotgan nemis tilini C1 darajada egallashlari uchun zaruriy bilimlarni integrallashgan tarzda o'rgatish va muloqot malakalarini rivojlantirishdir.   



Adabiyotlar 

Boshqa elektron resurslar \ Audio \ 2part Audio \ Video Ishchi o'quv dasturi

Namunaiy fan dasturi

O'quv uslubiy majmua Taqdimotlar ,=? 2 kurs uchun













     Adabiyotshunoslik fani adabiyotning jamiyat ijtimoiy hayotidagi o‘rni, adabiyotning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, adabiyotning tabiiy va ijtimoiy fanlar va san’atning boshqa turlaridan farqi, adabiy turlar va janrlar, ijodkorlarning o‘ziga xos uslubi, ijodiy metod va oqimlar, yangi
ijodiy yo‘nalishlar, hozirgi jahon va o‘zbek adabiy jarayoni kabilar to‘g‘risida ma’lumot beradi.       Adabiyotshunoslik fanining ahamiyati ijtimoiy hayot va adabiyotni tushunish, badiiy asarlarning badiiy-estetik darajasini aniqlash, tahlil va talqin qilish, adabiy va zamonaviy qahramon va real hayot kishisi o‘rtasidagi farqlarni ajratish kabilar bilan belgilanadi. Talabalar bu fanni o‘rganish orqali adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari, badiiy asarning tarkibiy qismlari, adabiy maktablar, til, mohiyat va interpretatsiya, poetika va ritorika, adabiy tur va janrlar, adabiyot va ijtimoiy hayot, ijodiy metod va uslublar, ijodkor uslubi, badiiy obraz, adabiy qahramon, badiiy san’atlar va hozirgi adabiy jarayon kabilar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Adabiyotshunoslik fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, shu blokdagi boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liklikda o‘qitilishi maqsadga muvofiq.



Adabiyotlar

Boshqa elektron resurslar O'quv uslubiy majmua

Taqdimotlar












Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga chet tillarini o‘rganishda axborotkommunikatsion texnologiyalarning roli, zamonaviy axborottexnologiyalarining chet tili ta’limi jarayonida qo‘llanish usullari va ularning bu sohada ko‘mak beruvchi imkoniyatlarini tushuntirish va ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishdir. Fanning vazifasi - talabalarni nazariy bilimlar, til o‘rganish samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asoslari, o‘quv audio va video materiallarini yaratish va ishlov berish vositalari, ta’limda WEB-texnologiyalar usul va vositalaridan foydalanish, On-Line o‘quv kurslarni ishlab chiqishning zamonaviy vositalaridan foydalanish, o‘qitishni boshqarish tizimlari bilan ishlash, til kompetensiyasini rivojlantirishda AKTning o‘rni va mohiyati, o‘zlashtirishni nazorat qilishda AKTni qo‘llash usul va vositalari, audio va video materiallar bilan ishlash, turli dasturlar asosida til o‘rganish, masofaviy, virtual, yuzma-yuz va masofaviy ta’lim integratsiyasi, tilga oid ma’lumotlarin Internet tarmog‘idan izlash texnikalari, onlayn va oflayn til o‘rganish manbalari, mobil va planshet dasturlar orqali til o‘rganish bo‘yicha nazariyamaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.



Adabiyotlar

Elektron resurslar Fan dasturi
Ishchi o'quv dasturi

O'quv uslubiy majmua

Tarqatma materiallar












Mazkur fanning maqsadi talabalarga tilning og‘zaki va yozma shakllarini integrallashgan holda o‘rgatish, turli kontekstlardagi muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan o‘rganilayotgan chet tili ko‘nikmalari to‘g‘risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo‘llay olishlarini ta’minlashdir. Fanning asosiy vazifasi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga ko‘ra talabalarning o‘rganilayotgan chet tilini C1 darajada egallashlari uchun zaruriy til ko‘nikmalarini integrallashgan tarzda o‘rgatish va muloqot malakalarini rivojlantirishdir.



Adabiyotlar

Elektron resurslar Fan va ishchi dasturlar






















Kafedrada o'qitiladigan fanlar (Ingiliz tili):


Nutq malakalari integratsiyasi fani lingvistik kurs hisoblanadi hamda “Nutq malakalari integratsiyasi” va “Og‟zaki nutq amaliyoti” (tinglash va gapirish) modullarini o‟z ichiga oladi. Mazkur kurs til o‟rganishning to‟rt ko‟nikmasi: so‟zlashish, tinglab tushunish, o‟qish va yozish bo‟yicha ko‟nikmalarni integrallashgan holda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur modulni o‟qitishda og‟zaki nutq amaliyotiga alohida urg‟ u beriladi. Modul yakunida talabalar Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o‟rganish, o‟qitish va baholash” to‟g‟risidagi umume'tirof etilgan xalqaro me'yorlari (CEFR) bo‟yicha o‟rgangan chet tillarini 1-4 semestrlar bo‟yicha bosqichma-bosqich B1 dan B2 darajagacha amalda qo‟llay olishlari nazarda tutiladi.

Mazkur fan ikki yil davomida ikki qismga: “Nutq malakalari integratsiyasi” va “Og‟zaki nutq amaliyoti” ga ajratilgan holda o‟rgatiladi. O‟quv rejaning xorijiy tilni o‟qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish, til aspektlari amaliyoti metodika, mamlakatshunoslikka oid kurslari va o‟rganilayotgan chet tilining nazariy kurslari - umumiy tilshunoslik, stilistika va matn tahlili, nazariy fonetika, qiyosiy tipologiya, nazariy grammatika fanlaridan zaruriy bilimlarni egallashda ushbu fan modullari bo‟yicha o‟zlashtirilgan ko‟nikma va malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.


Adabiyotlar Boshqa adabiyotlar Fan dasturi
Ishchi o'quv dasturi

O'quv uslubiy majmua Taqdimotlar












“O‘qish va yozish amaliyoti” fani ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘langan. Ushbu fan Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining asosiy ixtisoslik fani hisoblanadi.  Oliy ta’lim muassasasini  ushbu  ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bakalavrlar  Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanadilar.

 Fanning maqsadikasbiy yo'nalish doirasida tilning og'zaki va yozma shakllarini o'rgatish, ularning ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, til to'g'risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko'nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo'llay olishlarini ta'minlashdir.


Adabiyotlar \ 2 kurs uchun |  3 kurs uchun
Ishchi o'quv dasturi
Namunaviy fan dasturi


O'quv-uslubiy majmua

Taqdimotlar \ 2 kurs uchun | 3 kurs uchun





Til aspektlarini o‟rgatish amaliyoti kompetentsiyasi fani talabalarning til modellari va strukturalari xaqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi va ularga muloqot jarayonida grammatik va leksik formalarni to‟g‟ri ishlatishni o‟rgatadi. Shuningdek, o‟rganilayotgan chet tilidagi matnlarni tahlil qilish yo‟llari va usullarini, matnlarni tahlil qilish borasidagi turli nuqtai nazarlarni va matn tahlilida e'tiborga olinishi lozim jihatlarni batafsil o‟rgatishni nazarda tutadi. Ushbu fan “Kommunikativ grammatika”, “Kommunikativ leksika” va “Diskurs tahlili” modullarini o‟z ichiga oladi. Til aspektlarini o‟rgatish amaliyoti kompetentsiyasi fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-4 semestrlar davomida o‟qitilishi maqsadga muvofiq. O‟quv rejaning xorijiy tilni o‟qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish, til ko‟nikmalari integrasiyasi, metodika, mamlakatshunoslikka oid kurslari va o‟rganilayotgan chet tilining nazariy kurslari - umumiy tilshunoslik, stilistika va matn tahlili, nazariy fonetika, qiyosiy tipologiya, nazariy grammatika fanlaridan zaruriy bilimlarni egallashda ushbu fan modullari bo‟yicha o‟zlashtirilgan ko‟nikma va malakalar muhim ahamiyat kasb etadi. 



Adabiyotlar \ 1 va 2 kurs uchun

Boshqa elektron resurslar\ 1 kurs uchun | 2 kurs uchun Fan dasturi 

Ishchi o'quv dastur 

O'quv-uslubiy majmuasi Taqdimotlar \ 1kurs uchun | 2 kurs uchun






Mustaqil ta’lim ko’nikmalari o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalari doirasida bakalavr:

umumiy o’rta va o’rta maxsus (maktab, litsey, kollej va oliy ta’lim

tizimlarida o’quv jarayoni va ularning farqli jihatlari; o’qituvchiga tobelik tamoyilidan talaba mustaqilligiga tomon yo’l;  mustaqil bo’lishning (bilimlarni mustaqil o’zlashtirish) ahamiyati haqida   haqida tasavvurga ega bо`lishi;

Talabalar  ta’lim olish uslublari va moyilliklari;  sensor ta’lim uslublari (vizual, audio, kinestet, taktil);  ta’lim uslublarining Xani va Mamford tasnifi (nazariyotchi, aktivist, reflektor, pragmatik);  introvert va ekstrovert;  yaxshi bilim olish uchun ta’limning samarali uslublarini   bilishi va ulardan foydalana olish;



Adabiyotlar

Boshqa elektron resurslar Ishchi o'quv dasturi

O'quv uslubiy majmua

Taqdimotlar






The Integrated course of teaching foreign languages is an introductory course for students who have little or no previous English Language teaching experience. It may also be suitable for candidates with some experience but little previous training. This course provides an introduction to language teaching methodology which explores language teaching methods and recent methodological innovations. This course invites students into classroom to see teaching methods in action. They are also encouraged to reflect on their own beliefs and to develop their own approach to language teaching. The Module addresses to both the theoretical concerns regarding foreign language teaching in terms of 5 modules as classroom language, teaching and integrating language skills, classroom investigation1, materials evaluation and design, planning for teaching and learning, and practical issues novice instructors face in the language classroom. Emphasis is paid to lesson planning and setting clear and precious objectives, interaction patterns, teaching multilevel classes, making case studies based on practical issues of EFL methodology.



Adabiyotlar \ 2 kurslar uchun | 3 kurslar uchun

Boshqa elektron resurslar \ 2 kurslar uchun Ishchi o'quv dastur 2 / 3 kurslar

Namunaviy fan dasturi 2 / 3 kurslar

Taqdimotlar \ 2 kurs uchun | 3 kurs uchun






Tarjima nazariyasi va amaliyoti fani umuman bir tildan ikkinchi tilga til va nutq birliklarini o‘girish jarayonining asosiy qonuniyatlari, vositalari va imkoniyatlarini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi fandir. Bu fan boshqa fanlar kabi o‘zining tarixi, tadqiqot ob’ekti, predmeti va materialiga ega.

Yuqori malakali chet til mutaxassislarini etishtirish ularni tarjima nazariyasi va amaliyotiga oid nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishni taqozo etadi. Tarjima nazariyasi va amaliyoti fani tegishli oliy o‘quv yurtining xususiyatiga qarab ko‘proq asosan adabiyotshunoslik yoki tilshunoslik yo‘nalishida o‘rganilishi mumkin. Chet til ixtisosligi yo‘nalishida bu fan ko‘proq tilshunoslik yo‘nalishida qiyosiy uslubshunoslik ko‘lamida o‘rganiladi. Har bir fanning standartlashgan dasturlar asosida o‘rganilishi ayrim pala-partishliklarni bartaraf qilib, ta’limning izchilligini ta’minlaydi.



Adabiyotlar

Boshqa elektron resurslar Ishchi o'quv dastur











Fanni o‘qitishdan maqsad –  ta`lim oluvchilarning bo‘lajak kasbiy faoloyatlari uchun puhta nazariy asos yasash, chet tilni o‘rganishning uslub va yondashuvlari, tilning ilmiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni bilan tanishtirish, ularga til sahtlarning asosiy qonuniyatlarini o‘rgatishdan iborat. Talabalarning shahsiy fikrlarni turli xil usullar bilan yoritishning muayan nutq sharoitiga mos yo‘llarini aniqlash.Fanning maqsadiga talabalarga lingvistik, lingvomadaniy va kommunikativ ko‘nikma va malakalarini ingliz tili lug’at boyligi orqali shakklantirish hamkiradi.

Fanning vazifasi ta`lim oluvchilarning tabiiy til mohiyatiga oid bilimlarni egallashga imkoniyat yaratish, ulardan tilning ichki tuzilmasi, til qatlamalari va birliklarini ilmiy asosda tadqiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning bir biri bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lishlarini ta`minlashdan iborat. Fanning vazifasiga ta`lim oluvchilarning so‘z ma‘nosi xususiyarlari, til lug‘at tarkibining asosiy birliklari, so’zning morphologic, leksik, semantic tuzilishi, so‘zlarni yasalishi, frazeologik birikmalar, so‘zlarning kelib chiqishinio‘rgatish kiradi.


Adabiyotlar

Boshqa elektron resurslar Fan dasturi Nazariy aspektlari

Taqdimotlar \ 2 kurs uchun | 3 kurs uchun

O'quv uslubiy majmua \ 2 kurs uchun | 3 kurs uchun






   

  Fanni o‘qitishdan maqsad-chet tilni ihtisoslik maqomida o‘rganadigan talabalardan, shu tilda ijod qilgan yozuvchilar hayoti, ular yaratgan asarlaridan bohabar bo’lish talab etiladi.   

  Fanning vazifasi - Angliya va Amerika adabiyoti namoyondalari hayoti, hamda ularning asarlarini tahlil qilishni o’rgatishdan iborat. 

Talabalar  “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti tarixi” fani bo‘yicha ingliz adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi hamda ularning asarlari, ingliz adabiyotining rivojlanish davrlari haqida bilimlar bilan qurollangan bo‘lishlari zarur.

    Talabalar fan bo‘yicha quyidagi ko‘nikmalarni hosil qilishlari lozim:

inglizzabon mamlakatlar adabiyotining milliy xususiyatlari va ularning o‘zaro bog‘liqligini tushunish;

ingliz adiblari asarlarini organish va adabiy tahlil qila olish;

ingliz adabiyoti tarixi bo‘yicha olgan ma’lumotlar natijalarini referat, maqola, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarda taqdim etish.

  Ushbu fan boyicha bakalavr quyidagi malakalarga ega bolishi kerak:

ingliz adabiyoti tarixini organish va tahlil qilish;

egallagan nazariy bilimlarini amalda qollay olish.



Adabiyotlar

Boshqa elektron resurslar Ishchi o'quv dastur

Namunaviy fan dasturi

O'quv-uslubiy majmua
Taqdimotlar









       “Filologik tadqiqot asoslari” fani talabalarni ilmiy tadqiqot ishlar yozish uchun chuqur bilim beruvchi, ilmiy ish qilishning yo`1larini o`rgatuvchi  fandir. Keltirilgan mavzular talabalarning kelajakda ilmiy ishlsrini davom ettirishlari uchun xizmat qiladi.

        Filologik tadqiqot asoslari fanini bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yidagi talablar qo‘yiladi :

Talaba:

- filologik adabiyotlar bilan ishlash va ularni tahlil qilish, faktik til materialini tahlil va tasnif qilishning umumilmiy va maxsus metodlaridan foydalanishni o‘rgatish, ilmiy bayon uslubiy xususiyatlari borasida asosiy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va qolaversa, ilmiy mushohada haqida tasavvurga ega bo’lishi;

- bitiruv malakaviy ishlari ustida ishlashni rejalashtirish, ishning arxitektonik va kompozitsioi qurilishi xususiyatlari haqida bilishi va ulardan foydalana olishi;

- ilmiy ishlar ahloqiy talab va normalariga, ilmda vorisiylik va uzviylikka amal qilishni ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.




Ta’lim jarayonini qiziqarli tashkil etish uchun ta’lim natijalarini amaliyotga joriy etishda qatnashuvchi kadrlar buyurmachilari va boshqa ishlab chiqarish korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda yetakchi mutaxassislari jalb etiladi. Bu mutaxassislar pedagogik ta’lim, biotexnologiya, ekologiya va tabiatdan foydalanish bo‘yicha yetakchi mutaxassislar hisoblanadi.

O‘quv jarayonini aktivlashtirish uchun kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, multimediya vositalari va informatsion-kommunokativ texnologiyalarni qo‘llab borishadi.

Nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyot bilan chambarchas bog‘lash uchun maktab amaliyotlari mavjud. Talabalar maktab amaliyoti vaqtida xorijiy tillarni o‘qitish tajribalarini o‘tkazish metodikasi va o‘qituvchilik faoliyati haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Kafedra ilmiy-tadqot va ijodiy ishlarni rivojlantirish maqsadida quyida keltirilgan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ularga: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi TDPU va umumta’lim maktablarini kiritish mumkin.

Kafedra hamkorlikda loyihalar tayyorlash, ilmiy stajirovkalar va o‘quv amaliyotlarni tashkil etish maqsadida bir qator Yevropa va MDH mamlakatlarining universitetlari bilan Xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ular:

  • Sulton Idris universiteti (Malayziya);
  • Xaydelberg pedagogika universiteti (Germaniya);
  • Vayoming universiteti (AQSh);

 

Kafedrada quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi:

  • Oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili mashg‘ulotlarini loyihalash texnologiyalari;
  • Nemis tilini o‘qitishda badiiy adabiyotning didaktik asoslari;
  • Yuqori sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish;
  • Lingvomadaniyatshunoslikda yangi gender terminlarining xususiyatlari.

 

Biz xorijiy tillarni o‘qitish sohasida sifatli ta’lim olish va fundamental bilimlarga ega bo‘lishi uchun abiturienlarni bakalavr darajani olish uchun va biologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomga ega bo‘lgan yosh tadqiqotchilarni esa magistraturaga o‘qishga taklif qilamiz.

 

Ta’lim yo‘nalishlari va tayyorlash darajasi: 


oliy ta’lim - bakalavriat

Kod

Yo‘nalish

tayyorlash profili

5111401

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Daraja: bakalavr

Ingliz tili
kunduzgi, 4 yil;
Ta’lim tili: o‘zbek va rus tilida.

Kod

Yo‘nalish

tayyorlash profili

5111402

Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili)

Daraja: bakalavr

Nemis tili
kunduzgi, 4 yil;
Ta’lim tili: o‘zbek tilida.

 

Oliy ta’lim - magistratura

Kod

Yo‘nalish

tayyorlash profili

5A111400

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Daraja: magistr

Ingliz tili
kunduzgi, 2 yil;

Ta’lim tili: o‘zbek tilida.

 

Professor-o‘qituvchilar tarkibi 

Yusupova Muhabbat Anatolevna

 

Kaf. mudiri

Maxmatqulov Xolmurod Maxmudovich

pedagogika fanlari nomzodi

Dotsent v.b.

Sanakulov Zayniddin Ibodullaevich

 

O‘qituvchi

Shoraxmetov Shotillo Safarovich

 

O‘qituvchi

Maxmudov Qudratbek Shavkat o‘g‘li

 

O‘qituvchi

Bagapova Gulnora Vaxabovna

 

O‘qituvchi

Yuldashova Nodira Nurmatovna

 

O‘qituvchi

Kobilova Kafisa Raimovna

 

O‘qituvchi

Musabekova Madina Narimanbekovna

 

O‘qituvchi

Murodqosimov Alisher Begmamat o‘g‘li

 

O‘qituvchi

Yuldasheva Kamola Saydali qizi

 

O‘qituvchi

 

 

 

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.