Tillar:       O'z       En       Ру    

O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI



111700, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri,A.Temur koʻchasi,104-uy

Tel.:(0370) 712-4541, faks:712-45-41

e-mail: o’zbektilivaadabiyoti @cspi.uz

Kafedra mudiri
Shofqorov Abdushukur Musayevich



O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi Chirchiq  davlat pedagogika instituti Kengashining 2018-yil 27-avgustda qabul qilgan 1-sonli qaroriga muvofiq Tarix va tillar fakulteti Tillar kafedrasi tarkibidan alohida O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi boʻlib ajralib chiqdi va faoliyat koʻrsata boshladi. Kafedra professor-oʻqituvchilari tegishli fanlardan dars berish bilan bir qatorda turli mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib borishmoqda.

O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi Tarix va tillar fakulteti tarkibiga kiradi va quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlaydi:

 

  • Bakalavr - 5111200 – O`zbek tili va adabiyoti;
  • Bakalavr - 5111300 – Ona tili va adabiyoti (tojik tili va adabiyoti;);
  • Bakalavr - 5111300 – Ona tili va adabiyoti (qozoq tili va adabiyoti;);

O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida oʻtiladigan fanlar:


Fan maqsadi:   “Hozirgi adabiy jarayon” fanining maqsadi bakalavriat bosqishi talabalarini tahlil usullari, jahon adabiy jarayon metodlariga xos muhim kriteriylar va badiiy asarni tahlil etish, matn poetikasi muammolarini o‘rgatishdan iboratdir.
Fan dasturi

Kalendar reja

Testlar
Mustaqil ta’lim
Tarqatma material

Fanning maqsad va vazifalari

Nazorat savollar
O‘quv-uslubiy majmua










Fan maqsadi: Hozirgi o’zbek adabiy tili, uning milliy til tarkibidagi tavsifi, strukturaviy, sistemaviy va funksional хususiyatlari, tariхiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til va dialektlar, adabiy til va funksional stillar, adabiy til va jargonlar, ular o’rtasidagi aloqa-munosabatlar, o’zbek tilining morfemik, so’z yasalishi va morfologik tizimi, uning o’ziga xos jihatlari, sintaktik birliklar va ularning turlari, so`z birikmasi va gap sintaksisi bo„yicha talabalarda tegishli bilim darajasini, shu bilimdan ilmiy-pedagogik faoliyatda unumli foydalana olish ko’nikmalarini shakllantirish; talabalarni o’zbek tilshunosligining fonetika, fonologiya, grafika, orfografiya, orfoepiya, leksika, frazeologiya, leksikografiya, morfemika, so’z yasalishi, grammatika [morfologiya va sintaksis] bo’limlari bilan tanishtirish, bu sohalarda qo’lga kiritilgan yutuqlar, bilimlar sirasi, ulardagi munozarali holatlar, g’oyalar va qarashlar, asosiy tushuncha va atamalar хususida maۥlumot berish.

Fan maqsadi: Dastur ona tili o‘qitish mеtodikasining tarixi va rivojlanishi, ona tili ta’limi sohasini tashkil etish shakllari va mazmuni, o‘qitish usullari kabi masalalarni qamrab olgan. Mеtodika fanini o‘rganish talabalarni kichik yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli hal etishga tayyorlash, shuningdеk,ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o‘rganishni davom ettirish uchun,yangi nashr etilgan mеtodik adabiyotlarni o‘qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar bilan qurollantiradi.

Fan maqsadi: O‘zbek folklori fanini o’qitishning maqsadi: talabalarga o‘zbek folklori fani yuzasidan ma’lumot berish, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining tarixan shakllangan ijodiy maktablari va ularning yetakchi vakillari hamda namunalari, ajdodlarimiz badiiy tafakkurning bebaho durdonalari, folklorning janr xususiyatlari, shuningdek, bolalar folklorining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni yetkazishdan iborat. “O‘zbek folklori” fani “Til tarixi”, “O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti”, “O‘zbek dialektologiyasi” kabi umumkasbiy fanlar bilan uzviy  bog‘langan bo‘lib, ushbu fanlarda aks etgan ayrim adabiy-nazariy masalalarni qamrab olishi jihatidan uyg‘unlik kasb etadi.

Fan maqsadi: “Til va adabiyot o‘qitish metodikasiga kirish”fanini o’qitishdan maqsad – talabalarni hozirgi zamon til va adabiyot o‘qitish metodikasidagi asosiy nazariy tushunchalar haqida boshlang‘ich bilimlar bilan qurollantirish. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

- hozirgi zamon metodikasining asosiy nazariy tushunchalari va zamonaviy tendentsiyalari haqida bilimlarga ega bo’lishi;

- o ‘rganilgan nazariy tushunchalarni qo‘llagan holda o‘rta ta’lim bosqichi uchun til va adabiyot darsini rejalashtirish hamda dars maqsadiga mos materiallar va strategiyalarni tanlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

- o‘rganilgan metod va strategiyalarni til va adabiyot darslarida qo‘llash malakasiga ega bo‘lishi talab qilinadi.

Fan maqsadi: Bo‘lajak ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilariga klassik she’r o’lchovlari, xususan, aruz vazni nazariyasi, she’riy san’atlar yuzasidan nazariy ma’lumotlar berish va amaliy malaka hosil qilishdir. Fanning vazifasi – klassik she’r o’lchovlari, xususan, aruz vazni nazariyasi, she’riy san’atlar yuzasidan nazariy ma’lumotlar berish va buni amaliyotda qo`llashga o`rgatish, klassik shoirlarning asarlarini aruz nuqtai nazaridan tahlili qilish.

Fan maqsadi: Jahon adabiyoti tarixi fanini o’rganishdan asosiy maqsad–yer yuzidagi katta- kichik xalq, millat, elatlardan yetishib chiqib, yuksak mahorat bilan asar yaratgan adabiyot kishilarining ijodini tahlil qilish, yutuqlarini belgilab berish, ma’lum bir xududdagi adabiyotlar o’rtasidagi mushtaraklikni aniqlab, jahon adabiyotida ro’y berayotgan umumiy va xususiy o’zgarishlarni qayd qilishdir. Ayni vaqtda ana shu o’zgarishlar asosida umumadabiyotning qonun-qoidalarini keltirib chiqarishga, uning taraqqiyot tendensiyalarini belgilab olishga ham yordam berishdir.

Fan maqsadi: Tilshunoslik fanining asosiy maqsadi tilshunoslik fani, uning bo‘limlari, o‘rganish obyekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda olingan bilimlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarni hal etishni taqozo qiladi. Ushbu fanning vazifalari til va jamiyat, til tizimi va tuzilishi, uning sathlari, birliklari va ularning namoyon bo‘lish qonuniyatlari, tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlar berishdan iboratdir.

Fan maqsadi: Bo‘lajak maxsus maktab o`qituvchilariga ona tilining fonetik xususiyatlari, talaffuz me’yorlari, lug‘at (leksik) boyligi, imlo qoidalari va grammatik qurilishi yuzasidan nazariy bilim berish, bolalar adabiyoti va bolalar folklori, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti haqaida ma’lumot berish, talabalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va savodxonligini oshirish, takomillashtirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilishdir.

Fan maqsadi: Ona tilining strukturasi va sistemasini farqlay olish; ona tili fonetik tizimi va grafikasini ta’riflay olish; ona tili lug‘at tarkibini tahlil qila olish; ona tili frazeologiyasi va leksikografiyasiga ta’rif bera olish; ona tili morfemik tizimini tahlil qilish; ona tili so‘z yasalish tizimini tahlil qilish; ona tili so‘z turkumlari tizimini tahlil qilish; ona tili sintaktik qurilishini farqlay olish; ona tili talaffuz, imlo va ishorat qoidalarini bayon qilish; bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalarini farqlay olish; maktabgacha, maktab, o‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligining o‘ziga xos xususiyatlarini farqlay olish; bolalar folklori haqda hikoya qilish; o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti durdonalari haqida hikoya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Fan maqsadi: :   Sotsiolingvistika ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan murakkab va muammolari va tushunchalari – terminlari bilan atroflicha tushuntiradi, fan yuzasidan dastlabki zaruriy mashg‘ulotlarni beradi, tolibi ilmlarning til bo‘yicha nazariy saviyasi kengaytiradi va chuqurlashtiradi.

Fan maqsadi: Maxsus kursni o‘qitishdan maqsad – Ishoqxon to‘ra Ibratning boy adabiy va ilmiy merosini talabalarga o‘qitish orqali ularni yuksak ma’naviyat va ma’rifat ruhida tarbiyalashdir. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti va o‘zbek milliy ma’naviyatining rivojlanish qonuniyatlarini anglash yo‘lida muayyan ma’noda ochqich – kalit vazifasini bajarishi nazarda tutilayotgan Ishoqxon Ibrat ijodini o‘rganish orqali talaba yoshlar adabiy-estetik tafakkuriniyuksaltirish, ular ma’rifiy darajasini o‘stirish,milliy adabiyot tarixiga doir bilimlarini mustahkamlash, farzandlarimizning ma’naviy dunyosi mukammal bo‘lishiga ko‘maklashish maxsus kursning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

Fan maqsadi: Talabalarda arab va fors tillarining nazariy asoslari, ularning asosiy grammatik kategoriyalarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish, eski o‘zbek yozuvi matnalrini o‘rganish va amalda qo‘llay bilish malakalarini shakllantirishdan iborat.


Fan maqsadi: “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, hozirgi o‘zbek adabiy tili bo‘yicha til sathlari haqida malakalarni shakllantirishdan iborat.

Fan maqsadi: Talaba yoshlarni xalqimizning boy ma’naviy merosiga suyangan holda ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Adabiy-badiiy manbalarni, o‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti namunalarini o‘rgatish, o‘zlashtirish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish, tafakkur ko‘lamini yuksaltirish, komil ma’naviyatni shakllantirish nazarda tutilgan.

Fan maqsadi: Maxsus kursni o‘qitishdan maqsad – Ishoqxon to‘ra Ibratning boy adabiy va ilmiy merosini talabalarga o‘qitish orqali ularni yuksak ma’naviyat va ma’rifat ruhida tarbiyalashdir. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti va o‘zbek milliy ma’naviyatining rivojlanish qonuniyatlarini anglash yo‘lida muayyan ma’noda ochqich – kalit vazifasini bajarishi nazarda tutilayotgan Ishoqxon Ibrat ijodini o‘rganish orqali talaba yoshlar adabiy-estetik tafakkuriniyuksaltirish, ular ma’rifiy darajasini o‘stirish,milliy adabiyot tarixiga doir bilimlarini mustahkamlash, farzandlarimizning ma’naviy dunyosi mukammal bo‘lishiga ko‘maklashish maxsus kursning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

Fan maqsadi: Bu fanni o‘rganishdan maqsad o‘zbek shevalarining eng muhim xususiyatlari, ularning murakkab tarkibi, leksik, fonetik va grammatik tabiati haqida talabalarga to‘la ma‟lumot berishdan iboratdir.

Fan maqsadi: “Badiiy tahlil asoslari” fanining maqsadi bakalavriat bosqichi talabalarini tahlil usullari, jahon badiiy tahlil metodlariga xos muhim kriteriylar va badiiy asarni tahlil etish, matn poetikasi muammolarini o‘rgatishdan iboratdir.

Fan maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarga badiiy adabiyotni o‘qib-o‘rganishning zamonaviy shakl va usullari haqidagi nazariy qarashlar hamda ularni amaliyotga tatbiq qilishning pedagogik hamda metodik imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat. 

Fan maqsadi: tаlаbаlаrning mаdаniy nutq bo‘yicha ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini tаkоmillаshtirish.

Fan maqsadi: Бадиий асар таҳлили тушунчаси нимани англатади, бадиий таҳлил қандай амалга оширилади, улар қандай кўринишларда бўлади сингари қатор саволларга жавоб беришдан олдин шу саволларнинг ҳаммасини юзага келтирган асос тушунча – бадиий асар тушунчасининг ўзи тўғрисида муайян тўхтамга келиб олиш мақсадга мувофиқ бўлади.

Fan maqsadi: “O’zbek bolalar adabiyoti” fanini o‘qitishning maqsadi kutubxonachilik vabibliografiya ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga о‘zbek bolalar adabiyotining jahon adabiyotida tutgan о‘rni, bolalar folklori va bolalar kitobxonligi bilan chambarchas bog‘liqligi, tarbiyaviy mohiyati, didaktik xususiyatlari, bolalarga bag‘ishlangan asarlarning kitobxonlar yosh xususiyatlariga kо‘ra tasniflanishi, badiiy uslubiy izlanishlar, taraqqiyot tamoyillari, janrlar rang-barangligi hamda boshqa fanlar bilan aloqasi yuzasidan tushuncha berishdan iborat. Bolalar adabiyoti sо‘z san’atining tarbiyaviy ahamiyatga ega maxsus turi haqidagi fan bо‘lib, uning umumadabiy qonuniyatilarga bо‘ysunishi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, ijtimoiy mohiyati, yetakchi tamoyillari, ilmiy-nazariy qimmati haqida DTS talablari darajasida bilim berish rejalashtirilgan.

Fan maqsadi: “Yozma ishlarni tashkil etish” fanini o‘qitishning maqsadi “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch imkoniyatlarini safarbar etamiz,” – degan so‘zlari biz uchun dasturulamal vazifasini o‘tamoqda.

Fan maqsadi: Оқытушының сөйлеу мәдениеті - лингвистикалық пән. Оқытушының сөйлеу мәдениеті пәнiнiң негiзгi мақсаты – тiлдегi стиль түрлерi мен тiлдiк құралдардың ауызекi және жазба түрде қолданылу жағдайларымен таныстыру. Тiл жүйесi фонема, морфология, сөз, сөз тiркесi және сөйлем сияқты тiл құрайтын элементтерден тұрады. Сондай-ақ бұл пәнді өту барысында студенттер әдеби тiл нормаларынан, көпшiлiк алдында дұрыс және таза сөйлеу, тілдік нормалар және олардың сөйлеу мәдениетіндегі орнын анықтайды.



Fan maqsadi: Қазақ орфографиясы мен пунктуациясының мәселелері» атты пәннiң мақсаты – студенттерге мектепте қазақ тiлi пәнiнен алған бiлiмiн қайталап, еске түсiре отырып бiр iзге салу; жазу жұмысындағы қате-кемшiлiктерiн жойып, сауатты жазуға үйрету; әдеби тiл нормасын дұрыс сөйлеуге, мәнерлеп оқуға жаттықтыру, сөздердер мен сөйлемдердің дұрыс жазылына аса көңіл аудару, тыныс бегілерді дұрыс қалдана білуге жаттықтыру саналады.

Fan maqsadi: Тілдің  ойды  қалыптастыру  және  баяндау,  әсер  мен  сезімдерді өрнектеуде  маңызы  зор.  Тіл  қоғам  мүшелерінің  бір-бірімен  өзара  қарым-қатынас жасауы үшін қажетті құрал саналады. Бұл құрал неғұрлым жетілсе,пікір  де  сонғұрлым  баянды,  әсерлі  әрі  тиянақты  етіп  жеткізіледі.  Демек, адамдардың  өзара  қарым-қатынасы,  сезімдері,  хал-жағдайы,  мән-жайы тілмен  жеткізу  арқылы  айқындалады.  Мектепте  ана  тілін  терең  үйрену қажеттілігі тілдің атқаратын негізгі қызметтерінен келіп шығады.

Fan maqsadi: Bo‘lajak o‘qituvchilarga badiiy adabiyotni o‘qib-o‘rganishning zamonaviy shakl va usullari haqidagi nazariy qarashlar hamda ularni amaliyotga tatbiq qilishning pedagogik hamda metodik imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat. 

Fan maqsadi: Бадиий асар таҳлили тушунчаси нимани англатади, бадиий таҳлил қандай амалга оширилади, улар қандай кўринишларда бўлади сингари қатор саволларга жавоб беришдан олдин шу саволларнинг ҳаммасини юзага келтирган асос тушунча – бадиий асар тушунчасининг ўзи тўғрисида муайян тўхтамга келиб олиш мақсадга мувофиқ бўлади.

Fan maqsadi: Tаlаbаlаrning mаdаniy nutq bo‘yicha ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini tаkоmillаshtirish.

Fan maqsadi: “O’zbek bolalar adabiyoti” fanini o‘qitishning maqsadi kutubxonachilik vabibliografiya ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga о‘zbek bolalar adabiyotining jahon adabiyotida tutgan о‘rni, bolalar folklori va bolalar kitobxonligi bilan chambarchas bog‘liqligi, tarbiyaviy mohiyati, didaktik xususiyatlari, bolalarga bag‘ishlangan asarlarning kitobxonlar yosh xususiyatlariga kо‘ra tasniflanishi, badiiy uslubiy izlanishlar, taraqqiyot tamoyillari, janrlar rang-barangligi hamda boshqa fanlar bilan aloqasi yuzasidan tushuncha berishdan iborat. Bolalar adabiyoti sо‘z san’atining tarbiyaviy ahamiyatga ega maxsus turi haqidagi fan bо‘lib, uning umumadabiy qonuniyatilarga bо‘ysunishi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, ijtimoiy mohiyati, yetakchi tamoyillari, ilmiy-nazariy qimmati haqida DTS talablari darajasida bilim berish rejalashtirilgan.

Fan maqsadi: Оқытушының сөйлеу мәдениеті - лингвистикалық пән. Оқытушының сөйлеу мәдениеті пәнiнiң негiзгi мақсаты – тiлдегi стиль түрлерi мен тiлдiк құралдардың ауызекi және жазба түрде қолданылу жағдайларымен таныстыру. Тiл жүйесi фонема, морфология, сөз, сөз тiркесi және сөйлем сияқты тiл құрайтын элементтерден тұрады. Сондай-ақ бұл пәнді өту барысында студенттер әдеби тiл нормаларынан, көпшiлiк алдында дұрыс және таза сөйлеу, тілдік нормалар және олардың сөйлеу мәдениетіндегі орнын анықтайды.


  1. O`zbek (rus)tili
  2. Tilshunoslik
  3. Ona tili va bolalar adabiyoti
  4. Ona tili. Bolalar adabiyoti va folklor
  5. Sotsiolingvistika
  6. Ifodali o`qish va nutq madaniyati
  7. O`zbek folklori 
  8. Til va adabiyot o`qitish metodikasiga kirish
  9. Sharq tillari va eski o`zbek yozuvi
  10. Tasavvuf va mumtoz poetika
  11. Xozirgi o`zbek adabiy tili
  12. Ozbek adabiyoti tarixi
  13. Ibrat hayoti va ijodiy faoliyati
  14. Matnshunoslik
  15. Badiiy asar tahlili
  16. O`zbek dialektologiyasi
  17. Jahon adabiyoti
  18. Klassik she’r o`lchovi
  19. Tahlil asoslari
  20. O`qituvchi nutq madaniyati
  21. Ona tili o`qitish metodikasi
  22. O`zbek tilini o`qitish metodikasi
  23. O`zbek adabiyotini o`qitish metodikasi
  24. O`zbek tili tarixi
  25. Xozirgi adabiy jarayon
  26. O`zbek bolalar adabiyoti
  27. Yozma ishlarni tashkil etish
  28. Umumiy tilshunoslik
  29. Hozirgi qozoq adabiy tili
  30. Adabiyotshunoslik asoslari
  31. Qozoq adabiyoti tarixi
  32. Qozoq orfografiyasi va punktuatsiyasining masalalari
  33. Turkiy xalqlar adabiyoti
  34. Xozirgi tojik adabiy tili
  35. Tojik adabiyoti tarixi
  36. Tojik orfografiyasi va punktuatsiyasi
  37. Forsiya xalqlar adabiyoti

 Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yoʻnalishlarda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar jamoasi toʻplangan.



Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi oʻqituvchilar:

  • Shofqorov Abdushukur Musayevich - kafedra mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b., o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Rasulov Ravshanxo`ja filologiya fanlari doktori, professor, o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Matchonov Safo - pedagogika fanlari doktori, professor, bolalar adabiyoti sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Xodjamkulov Umid Ne`matovich - filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b., o`zbek adabiyotshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Davlatova Adiba Rahmatovna - filologiya fanlari nomzodi, dotsent, o`zbek adabiyotshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Holiqova Nodira Djaxongirovna - filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b., o`zbek adabiyotshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Botirova Shaxlo Isamiddinovna - filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori, dotsent v.b., o`zbek adabiyotshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Gulyamova Xolida - katta o`qituvchi, o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • To`ychiyev Abdurashid Mustafayevich – katta o`qituvchi, o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Shermatova Umida Sapayevna – o`qituvchi, o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Abdirimova Intizor Kamilovna – o`qituvchi, o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Nosirova Tillojon Xayitbayevna – katta o`qituvchi, tojik tili va adabiyoti sohasida yetakchi mutaxassis
  • Baykabilov O`serbay – katta o`qituvchi, qozoq tili va adabiyoti sohasida yetakchi mutaxassis



Oʻquv mashgʻulotlrini oʻtish uchun kafedraning asosiy oʻqituvchilaridan tashqari faoliyatlari taʻlim dasturlari yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlgan OʻzR FA ilmiy tadqiqot institutlari mutaxassislari va yetakchi oliy ta`lim muassasalari professor-oʻqituvchilari jalb qilingan.

­­­­­­­­­­­­

Oʻquv jarayonini takomillashtirish uchun kafedraning  professor-oʻqituvchilari darslarda zamonaviy oʻqitish usullaridan, multimediya vositalaridan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadilar.

Malakaviy amaliyotlarini talabalar OʻzR FA O`zbek tili, adabiyot va folklor institutida, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot davlat muzeyida olib borishadi.

Kafedra Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O`zbek tili, adabiyot va folklor instituti, Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universiteti, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot davlat muzeyi, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan.

Xalqaro hamkorlik aloqalari: Bugungi kunda kafedra jamoasi xorijiy mamlakatlarning universitet va institutlari bilan hamkorlikda ishlar olib borishni yоʻlga qоʻymoqda.

O`zbek tili va adabiyoti fani  boʻyicha sifatli va fundamental bilimlarni egallashni istagan yoshlarni oʻqishga taklif qilamiz.


Taʻlim yoʻnalishlari va oʻqitish darajalari roʻyxati

Bakalavr

Yoʻnalish kodi

Taʻlim yoʻnalishi  va darajasi

Oʻqish muddati va ta`lim tili

5111200

O`zbek tili va adabiyoti
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati: 4 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek

5111200

O`zbek tili va adabiyoti (2-oliy ta’lim)
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati: 3 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek

5111200

O`zbek tili va adabiyoti (sirtqi)
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati: 5 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek

 

Bakalavr

Yoʻnalish kodi

Taʻlim yoʻnalishi  va darajasi

Oʻqish muddati va ta`lim tili

5111300

Ona tili va adabiyoti (qozoq tili va adabiyoti)
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati:4 yil;

Oʻqitish tili: qozoq

 

Bakalavr

Yoʻnalish kodi

Taʻlim yoʻnalishi  va darajasi

Oʻqish muddati va ta`lim tili

5111300

Ona tili va adabiyoti (tojik tili va adabiyoti)
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati:4 yil;

Oʻqitish tili: tojik

 

Tayanch doktorantura

Yoʻnalish kodi

Yoʻnalishi  va darajasi

Oʻqish muddati va ta`lim tili

10.00.01

O`zbek tili 

Daraja: Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori

Oʻqish muddati:3 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek

 

Kafedradagi professor oʻqituvchilar tarkibi:

 

T/r

Familiya, ismi, sharifi

Ilmiy darajasi 

Lavozimi

1.      

Shofqorov Abdushukur Musayevich

filologiya fanlari nomzodi

kafedra mudiri

2.      

Rasulov Ravshanxo`ja

filologiya fanlari doktori

professor

3.      

Haqqulov Ibrohim Choriyevich

filologiya fanlari doktori

professor

4.      

Matchonov Safo  

pedagogika fanlari doktori

professor

5.      

Mengliyev Baxtiyor Rajabovich

filologiya fanlari doktori

professor

6.      

Bekmirzayev Norqul

filologiya fanlari nomzodi

dotsent

7.      

Xodjamkulov Umid Ne`matovich

filologiya fanlari nomzodi

dotsent

8.      

Sabitova Tajixan

filologiya fanlari nomzodi

dotsent

9.      

Davlatova Adiba Rahmatovna

filologiya fanlari nomzodi

dotsent

10.                        

Xoliqova Nodira Djоxongirovna

filologiya fanlari nomzodi

dotsent

11.                        

Botirova Shaxlo Isamiddinovna

filologiya fani boʻyicha PhD

dotsent

12.                        

Ramazonov Nodir Normurodovich

filologiya fani boʻyicha PhD

dotsent

13.                        

Gulyamova Xolida

 

katta oʻqituvchi

14.                        

To`ychiyev Abdurashid Mustafayevich

 

katta oʻqituvchi

15.                        

Shermatova Umida Sapayevna

 

oʻqituvchi

16.                        

Abdirimova Intizor Kamilovna

 

oʻqituvchi

17.                        

Suvonov Zavqiddin Normurodovich

 

oʻqituvchi

18.                        

Nosirova Tillojon Xayitbayevna

 

katta oʻqituvchi

19.                        

Baykabilov O`serbay

 

katta oʻqituvchi

 

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.