+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

XORIJIY TILLAR KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Yusupova Muhabbat Anatolevna
Yusupova Muhabbat Anatolevna

Yusupova Muhabbat Anatolevna

Kafedra mudiri:

Asosiy ma'lumotlar:

Xorijiy tillar kafedrasi 2018 yil tashkil topgan. Xorijiy tillar kafedrasi TVCHDPI ning Gumanitar fanlar fakulteti tarkibiga kiradi.


Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishlari quyidagilar:


Bakalavr:

5111400-Xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili)

5111400-Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili)


Bakalavr (kechki):

5111400- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)


Magistratura:

5A111401-Xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili)


Xorijiy tillar kafedrasida o‘tiladigan fanlar:

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

CHet tili o‘qitish metodikasi

Bakalavr darajasidagi talabalarda nazariy bilimlarga, amaliy ko‘nikma va malakalarga asoslangan CHet til o‘qituvchisiga xos boshlang‘ich professional salohiyatni, CHet til o‘qituvchisi pedagogik faoliyatining mazmun-mohiyatini va pedagogik amaliyot o‘tashda hamda ta’limni magistratura yo‘nalishida davom ettirishda asqotadigan kasbiy mahorat ko‘nikmalarini shakllantirish.

2.

Qo‘shimcha chet tili o‘qitish metodikasi

Nazariyani va amaliyotni uzviy bog‘lanishi, ya’ni ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarlarning mazmunini bir-biriga bog‘liq holda berilishini hamda talabalarning jiddiy mustaqil ishlashlarini nazarda tutadi.

3.

Mustaqit ta’lim ko‘nikmalari

Talabalarga oliy ta’limdagi o‘qishlari jarayonida o‘z vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtirish, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan stress bilan kurashish, motivatsiya, vazifalarni o‘z vaqtida bajarish va imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish, samarali ta’lim olish, shuningdek, kelgusi kasbiy faoliyati bilan bog‘liq malaka va ko‘nikmalarini muntazam takomillashtirib borish yo‘llarini o‘rgatish.

4.

Filologik tadqiqot

Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlar yozish uchun chuqur bilim beruvchi, ilmiy ish qilishning yullarini o‘rgatuvchi fandir. Fan doirasidagi mavzular talabalarning kelajakda ilmiy ishlarini davom ettirishlari uchun xizmat qiladi.

5.

CHet tili nazariy aspektlari

CHet til nazariy aspektlari fani uch moduldan iborat bo‘lib ular “Ingliz tilli nazariy fonetikasi”, “Ingliz tili nazariy grammatikasi” hamda “Leksikologiya” fanlarini o‘z ichiga oladi. Ingliz tili nazariy fonetikasi tovush strukturasi, talaffuz normalari, bo‘g‘in yasalish qoidalari, urg‘u, intonatsiya kabi fonetik birliklarni o‘rgatadi. Leksikologiya so‘z ma’nosi xususiyatlari, til lug‘at tarkibining asosiy birliklari, so‘zning morfologik, leksik, semantik tuzilishi so‘zlarning yasalishi, frazeologik birikmalar, so‘zlarning kelib chiqishi haqidagi bilimlarni o‘rgatadi.

Ingliz tili strukturasini o‘rganadigan nazariy grammatika lingvistik nazariy fanlarning ajralmas qismi bo‘lib, ingliz filologiyasi bo‘limlarida alohida fan sifatida o‘qitiladi. Nazariy Grammatikaning asosiy maqsadi talabalarga ingliz tilining grammatik strukturasini o‘rgatish, ularni ilmiy maktablar, oqimlar hamda lingvistik konsepsiyalar hamda tilshunoslikning munozarali muammolari bilan tanishtirishdan iborat.

6.

Matn tahlili

Talabalarda matn lingvistikasi metodologik

prinsiplari, tamoyillari, bazaviy muammolari va asosiy tushunchalari bo‘yicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish, hamda matn lingvistikai sohasida ilmiy tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

7.

CHet tillar ona tili qiyosiy tipologiyasi

Qiyosiy tipologiya fani oliy o‘quv yurtlarida bakalavr bosqichida talabalarni tayyorlashda o‘qitiladi. Qiyosiy tipologiya tilshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lib, tillarning tipologik klassifikatsiyasi bilan shug‘ullanadi.

Qiyosiy tipologiyaning maqsadi – tillar strukturasida mavjud bo‘lgan o‘xshash va o‘xshash bo‘lmagan hodisalar, til hodisalarining yaruslararo sinonimiya va tillararo korrespontsiya nuqtai nazaridan ifodalanishi, til universaliyalari kabilarni o‘rganishdir. Talabalar ushbu fan asosida o‘zlashtirgan bilimlarini kelgusi ilmiy izlanishlarda qo‘llaydilar.

8.

Kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili

Fanning vazifasi- kelgusi kasbiy faoliyatlarida kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili bo‘yicha olgan bilimlarini amaliyotda foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Kasbga yo‘naltirilgan amaliy kurs bo‘yicha olgan bilimlarini o‘rta umumta’lim maktablari, akademik-litsey va kasb-hunar kollejlarida tatbiq etishni o‘rgatish.

9.

Tili o‘rganilayotgan adabiyot tarixi

Fanni o‘qitishdan maqsad-chet tilni ihtisoslik maqomida o‘rganadigan talabalardan, shu tilda ijod qilgan yozuvchilar hayoti, ular yaratgan asarlaridan bohabar bo‘lish talab etiladi.

Fanning vazifasi - Angliya va Amerika adabiyoti namoyondalari hayoti, hamda ularning asarlarini tahlil qilishni o‘rgatishdan iborat.

Talabalar “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti tarixi” fani bo‘yicha ingliz adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi hamda ularning asarlari,ingliz adabiyotining rivojlanish davrlari haqida bilimlar bilan qurollangan bo‘lishlari zarur.

10.

Nutq malakalari integratsiyasi

Fanning asosiy vazifasi talabalarni chet tili o‘rganish va o‘qitish metodlari bilan tanishtirish hamda ulardan amalda foydalana olish, grammatika, fonetika va leksikani kommunikativ yondashuv asosida o‘qitishga o‘rgatish xamda tilni o‘qitishda kontekstga muvofiq ravishda talabalarning turli yondashuvlardan mosini tanlab, tatbiq eta olishlarini ta’minlash, chet tillarni o‘qitish usul va metodlarining tarixiy bosqichlari bilan tanishtirish bilan birga chet tilini o‘qitishdagi turli usul va metodlardan ko‘zlangan maqsadlar, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini farqlash va amalda ulardan o‘rinli foydalana olishdan iborat.

11.

Og‘zaki va YOzma nutq amaliyoti

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalargakasbiy yo‘nalish doirasida tilning og‘zaki va yozma shakllarini o‘rgatish, ularning ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan o‘rganilayotgan chet tilining funksional shakllari va uslublarini, til to‘g‘risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo‘llay olishlarini ta’minlashdir.

Fanning vazifasi - umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga ko‘ra talabalarning o‘rganilayotgan chet tilini S1 darajada egallashlari uchun zaruriy bilimlarni integrallashgan tarzda o‘rgatish va muloqot malakalarini rivojlantirish.

12.

O‘qish va yozish

Mazkur fanning maqsadi talabalarga kasbiy yo‘nalish doirasida tilning og‘zaki va yozma shakllarini o‘rgatish, ularning ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan o‘rganilayotgan chet tilining 4 funksional shakllari va uslublarini, til to‘g‘risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo‘llay olishlarini ta’minlashdir.

13.

Amaliy grammatika

Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida amaliy mashg‘ulotlar olib borish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Ularni ingliz tili nazariy grammatikasi mazmuni, ilmiy-tadqiqot metodlari, ingliz tili morfologiyasi va sintaksisi, morfema va uning turlari, mustaqil va yordamchi so‘z turkumlari, ularning grammatik va leksik kategoriyalari va boshqa mavzular bilan tanishtirish.

Fanning vazifasi – kelgusi kasbiy faoliyatlarida ingliz tilining nazariy grammatikasiga oid bilimlardan foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Olgan nazariy bilimlarini o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tatbiq etishni o‘rgatish.

14.

Til aspektlari amaliyotini o‘rgatish kompetensiyasi

Til aspektlari amaliyoti fani talabalarning til modellari va strukturalari xaqidagi bilimlarini oshirish bilan birga muloqot jarayonida grammatik va leksik formalarni to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatadi. SHuningdek, o‘rganilayotgan chet tilidagi matnlarni tahlil qilish yo‘llari va usullarini, matnlarni tahlil qilish borasidagi turli nuqtai nazarlarni va matn tahlilida ehtiborga olinishi lozim jihatlarni o‘rgatishni nazarda tutadi. Ushbu fan “Kommunikativgrammatika”, “Kommunikativ leksika” va “Diskurs tahlili”modullarini o‘z ichiga oladi.

15.

CHet tillarini o‘qtishning integrallashgan kursi

Fanning maqsadi kasbiy yo‘nalish doirasida tilning og‘zaki va yozma shakllarini o‘rgatish, ularning ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, til to‘g‘risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo‘llay olishlarini ta’minlashdir.

16.

Til aspektlari

Til aspektlarini o‟rgatish amaliyoti kompetentsiyasi fani talabalarning til modellari va strukturalari xaqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi va ularga muloqot jarayonida grammatik va leksik formalarni to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatadi. SHuningdek, o‟rganilayotgan chet tilidagi matnlarni tahlil qilish yo‘llari va usullarini, matnlarni tahlil qilish borasidagi turli nuqtai nazarlarni va matn tahlilida e’tiborga olinishi lozim jihatlarni batafsil o‘rgatishni nazarda tutadi. Ushbu fan “Kommunikativ grammatika”, “Kommunikativ leksika” va “Diskurs tahlili” modullarini o‟z ichiga oladi.

17.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti

Ushbu fan umuman bir tildan ikkinchi tilga til va nutq birliklarini o‘girish jarayonining asosiy qonuniyatlari, vositalari va imkoniyatlarini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi fandir. Bu fan boshqa fanlar kabi o‘zining tarixi, tadqiqot ob’ekti, predmeti va materialiga ega.

18.

CHet tili stilistikasi va matn sharhi

Ushbu fan doirasida stilistika va matn tahlili adabiy til uslublari va lisoniy ifoda vositalari haqida bahs yuritadigan filologik soha bo‘lib, u bo‘yicha yaratilgan ushbu stilistika va matn taxlili dasturining lug‘at zahirasining uslubiy tasnifi, fonetik, leksik-frazeologik, sintaktik tasviriy vositalar va uslubiy priyomlarini o‘rgatiladi.

19.

Matbuot tili

Matbuot darslarida ommaviy axborot vositalaridan keng miqyosda foydalanish nazarda tutiladi. Bularga asosan, gazeta va jurnallar, asosan chet tilida yaratilgan va chop etilgan ommaviy axborot vositalari hamda internet materiallaridan foydalanish imkoniyatlari kiradi. Matbuot darslarida talaba tilidagi turli xarakterdagi gazeta va jurnal materiallarini izohlash va sharhlashni bilishi kerak. Muayyan mavzuga oid turli xarakterga ega bo‘lgan turlicha maqolalarni, so‘nggi davrda dunyoda bo‘lib o‘tgan voqea va xodisalarni, nazariy-siyosiy maqolalarni bilishi va sharhlay oladi. Ona tilida o‘qigan turli rusumdagi har qanday maqolani chet tilida erkin bayon eta olishi maqsad qilinadi.

20.

O‘lkashunoslik

“O‘lkashunoslik” fani talabalarga Germaniya Federativ Respublikasi va uning ma’muriy-hududiy bo‘linishi, geografik o‘rni, iqlimi, tarixi va tarixiy obidalari, buyuk siymolari, jahon miqyosidagi siyosiy o‘rni, madaniyati, urf- odatlari, iqtisodi, sporti, madaniy boyliklari va millatlararo munosabatlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi haqida ma’lumot beradi, talabalarning vatanparvarlik fazilatlarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Ushbu fanning ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari o‘rganilayotgan chet tilida olib boriladi. Fan doirasida o‘zlashtirilgan bilimlar talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida, xususan, gid-tarjimonlik faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

21.

Til ko‘nikmalari integratsiyasi

Ushbu fan nngliz tili kurslari, o‘qitiladigan ta’lim darajasi yoki talabalarning bilim darajasidan qat’iy nazar, tilni qanday ishlatish kerakligi to‘g‘risida etarli ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu fan madaniy aloqalardagi ba’zi muhim masalalar haqida qisqacha ma’lumot berishga va o‘quvchilar e’tiborini ushbu muloqotda malakali ishtirok etishning muhimligiga qaratishga qaratilgan bo‘lib, bu nafaqat kundalik o‘zaro munosabatlarda muvaffaqiyatli va to‘g‘ri ishlashni nazarda tutuvchi fandir.

22.

Madaniyatlararo muloqotni o‘rgatish

Ushbu fan doirasida talabalarning ijtimoiy va kasbiy munosabatlarda adekvatligini ta’minlovchi ijtimoiy madaniy va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, jamiyatda qabul qilingan axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etish va insonlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ijtimoiy-shaxsiy ziddiyatli vaziyatlarda o‘z fuqarolik pozitsiyasida sobitlik hamda jahon madaniyati qadriyatlariasoslarini o‘rgatiladi.

23.

CHet tili o‘qitishning innovatsion pedagogik texnologiyalari

Talabalarda zamonaviy pedagogik texnologiyaga doir nazariy bilimlar bilan qurollantirish va ularni amaliyotga tatbiq eta olish malakalarini shakllantiradi. Mazkur fan pedagogik va axborot texnologiyalar nazariyasining shakllanishi va taraqqiyoti tarixi, ularning mohiyati, tamoyillari, o‘quv jarayonini loyihalash, chet tillarni o‘qitish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishdan iborat.



Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar jamoasi to‘plangan.

Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan etakchi o‘qituvchilar:


YUsupova Muxabbat Anatolevna - kafedra mudiri

Maxmatkulov Xolmurod Maxmudovich - p.f.n.

Djumabaeva Jamilya SHaripovna - f.f.d., dotsent

Sobirova Nodira Karimbaevna - f.f.n., dotsent

Raximov Xurram Raximovich - f.f.n., dotsent

YUldashev Azim Abduraxmonovich - PHD

SHoraxmetov SHotila Safarovich - o‘qituvchi

Bagapova Gulnora Vaxobovna - o‘qituvchi

Qobilova Nafisa Raimovna - o‘qituvchi

YUldasheva Nodira Nurmatovna - o‘qituvchi

Elmurodov Ulug‘bek YArashovich - o‘qituvchi

Abduramanova Diana Valerevna - o‘qituvchi

Umirova Zamira Abduxamid qizi - o‘qituvchi

Aminova Soxila Abduxalimovna - o‘qituvchi

Ashirbaeva Aytgul Nuralievna - o‘qituvchi

Raxmatov Furkat Toshmurodovich - o‘qituvchi

Usmanxadjaeva Moxira Abdumalikxadjaevna - o‘qituvchi

Abduxalilova Dilobar SHerali qizi - o‘qituvchi

Xakimova Xurshida Baxtiyarovna - o‘qituvchi

Gazieva Saida Turg‘unovna - o‘qituvchi

Usmonova Gulsevar Abdullaziz qizi - o‘qituvchi

Toliboboeva SHabnam Jo‘raboevna - o‘qituvchi

YAlg‘osheva Moxichehra Olimovna - o‘qituvchi

Xudoyberdieva Gulchexra Isamiddinovna - o‘qituvchi

SHamirzaeva Zarifa Xudoyorovna - o‘qituvchi

Umarova DilafruzRazzakberdievna - o‘qituvchi

Xudoyberdieva Zumrat Xudoyberdievna - o‘qituvchi

Sanakulov Zayniddin Ibodullaevich - o‘qituvchi

 

 

Sayyor seminarlar tashkil qilindi - Toshkent viloyati hududida xorijiy tillarni o‘qitishda mavjud muammolarni o‘rganish, tasniflash va hamkorlikda bartaraf etish choralarini ishlab chiqish maqsadida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.




PTIK loyihalar - Maktab-laboratoriya tajriba maydonchasi:

Madaniyatlararo muloqot” loyihasi- Seminar treninglar o‘tkazildi; Madaniyatlararo muloqot” loyihasi asosida dars mashg‘ulotlari olib borildi

“Vatanparvar talaba” loyihasi (rejada)- Maktab o‘qituvchilariga o‘quv-metodik jihatdan maslahatlar, master-klasslar tashkil qilindi; “Madaniyatlararo muloqot” loyihasi asosida dars mashg‘ulotlari tashkil qilindi.


Germaniya tajribasi:

Sanakulov Zayniddin Ibodullaevich Germaniyaning Xaydelberg pedagogika univesitetiga borib, Germaniya tajribasini o‘rgandi.

Xaydelberg pedagogika univesiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Talabalar almashinuvi dasturida Xaydelberg pedagogika univesitetining 2 nafar talabasi CHirchiq davlat pedagogika institutida amaliyot o‘tadi.




Hisobot konferensiyasi

Xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini PTIK asosida amalga oshirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya2019 yil may oyida o‘tkazildi.

Talabalar uchun zamonaviy kompyuter sinflariva katta kutubxona mavjud. Talabalarning o‘z kasbini puxta egallashlari, zamonaviy va pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari sifatli tashkil qilinishiga, shuningdek talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil maqsadida turli fan va ijodiy to‘garaklar faoliyat olib boradi.


 


Toshkent viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2 - son Toshkent akademik litseyi, Toshkent shahri O‘zMU qoshidagi 2 - son akademik litseyi, Toshkent viloyati Chirchiq shahar 2-10-15-16-24-26 sonli umumta’lim maktablari, TVCHDPI akademik litseyi, Amerika Qo‘shma SHtatlari Vayoming universiteti, Malayziyaning Sulton Idris pedagogika universiteti, Germaniya Federativ ruspublikasining Haydelberg pedagogika institutlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari mavjud.




Ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish darajalari ro‘yxati

Bakalavr 

Yo‘nalish kodi

Ta'lim yo‘nalishi va darajasi

O‘qish muddati va ta'lim tili

5111400

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

4 yil, ingliz tili

5111400

Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili)

4 yil, nemis tili

5111400

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)kechki ta’lim

4.5 yil, ingliz tili

 

Magistratura 

Yo‘nalish kodi

Ta'lim yo‘nalishi va darajasi

O‘qish muddati va ta'lim tili

5A111401

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

2 yil, ingliz tili

 

Tadqiqotchilar

T.r

F.I.SH.

Ilmiy darajasi va unvoni

Ixtisosligi shifri va nomi

Dissertatsiya mavzusi

1

M.A.YUsupova

PhD

13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining o‘quv jarayonida loyixa texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatish tizimi

2

Z.I.Sanakulov

PhD

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

So‘zyasalishining leksikografika spekti (nemischao‘zbekchalug‘atlarmisolida)


 

 

Fan to‘garaklari.

T/R

To‘garaklar va o‘quv kurslari nomi

Kafedra

To‘garak va o‘quv kurslari rahbari FISH, tug‘ilgan yili, lavozimi, ilmiy darajasi

Doimiy link




Fan to‘garaklari


1

YOsh tarjimon

Xorijiy tillar

Raxmonova D.A

1990 yil,o‘qituvchi

https://meet.google.com/qqy-prrr-jyt


2

Speaking club

Xorijiy tillar

Aminova S.A

1993 yil, o‘qituvchi

https://meet.google.com/wsx-gvhq-bne


3

Speakeasy

Xorijiy tillar

UsmonovaG.A

1992 yil, o‘qituvchi

https://us05web.zoom.us/j/5585987475?pwd=OUY4L3d5eElMWmRQWUNwQWl2MjhDUT09


4

Speakingclub

Xorijiy tillar

Umirova Z.A

1992 yilo‘qituvchi

https://meet.google.com/pqb-fnqy-ydn


5

Speaking zone

Xorijiy tillar

SHoximardonova M.O

1989 yil, o‘qituvchi

https://meet.google.com/fef-bkyt-aiw


6

Fonetikani o‘rganamiz

Xorijiy tillar

SHoraxmetov SH.S

1971 yil o‘qituvchi

https://meet.google.com/ghd-qztw-eqb


7

Learn writing

Xorijiy tillar

Elmurodov U.YA

1976 yil o‘qituvchi

https://meet.google.com/pdt-ptag-pek


Ma’naviy va ma’rifiy yo‘nalishdagi to‘garaklar


8

Deutsch machtSpaß!

Xorijiy tillar kafedrasi

Abduxalilova D. SH 1993 yil, o‘qituvchi

https://meet.google.com/dti-feed-nqv