
Sanakulov Zayniddin Ibodullayevich (PhD)
Asosiy ma'lumotlar:
Nemis tili kafedrasi 2021 yil tashkil topgan. Nemis tili kafedrasi hozirda TVCHDPI ning Turizm fakulteti tarkibiga kiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:
Kafedrada tayyorlanayotgan kadrlar
Bakalavr:
60111800-Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili)
Bitiruvchilar faoliyat turlari
Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari
Sanakulov Zayniddin Ibodullayevich – (PhD) kafedra mudiri
Raximov Xurram Raximovich - f.f.n., professor
Usmanxadjaeva Moxira Abdumalikxadjaevna - o‘qituvchi
Abduxalilova Dilobar Sherali qizi - o‘qituvchi
Kuvonov Zarif Maxsiddin o`g`li - o‘qituvchi
Raxmatov Furkat Toshmurodovich - o‘qituvchi
Raxmonova Dildora Abdinabiyevna - o‘qituvchi
Razakova Shaxnoza Dusmamatovna - o‘qituvchi
Shabidinova Zera Ismetovna - o‘qituvchi
КAFEDRA FAOLIYAT TURLARI
Nemis tili kafedrasi institut miqyosida Nemis tili tarmog‘iga mansub fanlar bo‘yicha o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-usulubiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunda 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlab nashr ettirdi.
KAFEDRADA O‘QUV JARAYONI
Kafedrada tayyorlanayotgan kadrlar raqobatbardoshligini oshirish maqsadida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab kredit modul tizimiga moslashtirilgan o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqildi va ushbu o‘quv-me’yoriy hujjatlar asosida o‘quv jarayoni tashkil etildi. O‘quv rejalar ishlab chiqishda dunyoning rivojlangan davlatlari oliy ta’lim muassasalari tajriblari o‘rganilda va bitiruvchilar bilimini oshirish maqsadida so’nggi yillarda tashkil etilgan qator ilmiy seminar-treninglarda ishtirok etildi hamda 2021-2022 o`quv yillari uchun nemis tili fanidan Toshkentdagi Gyote instituti hamkorligida “Nemis tilini o`qitishni o`rganish - Deutsch lehren lernen” kabi zamonaviy fanlar kirtildi. O’quv jarayonini sifatini oshirish maqsadida kafedra qoshida “Pedagogik ta`limda innovatsion klaster” maktab laboratoriyalari tashkil etilgan.
ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI
Каfedrada ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi, jumaladan umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalarida chet tillarini o`qitish samaradorligini oshirishga ko`maklashish; - “Chet tili” fanini sifatli o`qitish bo`yicha umumta`lim maktablari o`qituvchilariga uslubiy ko`mak berish uslubiy qo`llanmalar tayyorlash, dars taqdimotlarini tayyorlash, konsultatsiyalar, chet tili bilish darajasini aniqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo`lish uchun kurslar, davra suhbatlarini tashkil qilish hisoblanadi.
Kafedra professor o’qituvchilarining “Chet tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalar va onlayn ta’lim jarayonida talabalarni baholash” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtiroki.
Sayyor seminarlar tashkil qilindi - Toshkent viloyati hududida Nemis tilini o‘qitishda mavjud muammolarni o‘rganish, tasniflash va hamkorlikda bartaraf etish choralarini ishlab chiqish maqsadida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Germaniya tajribasi:
Nemis tili ta’lim yo’nalishining xalqaro aloqalari 2019-yil Germaniyaning Haydelberg pedagogika univesiteti rasmiy delegatsiyasining institutimizga qilgan tashrifi bilan boshlangan.
Ushbu hamkorlik doirasida Sanakulov Zayniddin Ibodullaevich 2019 hamkor Haydelberg pedagogika univesitetiga borib, Germaniya tajribasini o‘rgandi va ilk rasmiy aloqalarni o’rnatishga zamin yaratdi. O’sha yildayoq ushbu hamkor oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik memorandumi rasman imzolandi.
Ushbu memorandum doirasida amaliyotchi-talabalar almashinuvi shartnomasi imzolanib, o’zaro praktikantlar almashinuvi yo’lga qo’yildi va Haydelberg pedagogika univesitetining 2 nafar talabasi Chirchiq davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida joylashgan 29-sonli maktabda amaliyot o‘tadi.
![]() |
![]() |
2020 o’quv yilida nemis tili yo’nalishi va Toshkentda joylashgan Germaniya elchixonasi bilan hamkorlik aloqalari o’rnatildi hamda elchixona xodimi janob Kretschmer va boshqa madaniyat xodimlari institutimizga tashrif buyurishib, mahorat darslarini o’tishdi.
Mazkur ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi Mamadiyorova Hilola 2020-21-o’quv yilida Germaniyaning DAAD-stependiyasi sovrindori bo`ldi.
Toshkent viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2 - son Toshkent akademik litseyi, Toshkent viloyati Chirchiq shahar umumta’lim maktablari, TVCHDPI akademik litseyi, Germaniya Federativ ruspublikasining Haydelberg pedagogika instituti, Germaniyaning Laybnits-Nemis tili institutlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari mavjud.
Hamkorlik loyihalari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institute Nemis tili kafedrasi hamda Gyote institutining O‘zbekistondagi filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda...
Hamkorlik doirasida Turizm fakulteti kutubxonasi DLL o`quv qo`llanmalari bilan nemis tili markazi nemis tili bo`yicha Germaniyada nashr ettirilgan o`quv adabiyotlari bilan boyitildi.
![]() |
![]() |
Germaniyaning eng nufuzli nashriyotlaridan Cornelsen nashriyotining O`zbekistondagi yetakchisi G.Raximova bilan o`quv adabiyotlari taqdimoti bo`lib o`tdi. Ushbu taqdimot yuzasidan ikki tomonlama shartnoma imzolandi.
Ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish darajalari ro‘yxati
Bakalavr
Yo‘nalish kodi |
Ta'lim yo‘nalishi va darajasi |
O‘qish muddati va ta'lim tili |
60111800 |
Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili) |
4 yil, nemis tili |
Tadqiqotchilar
T.r |
F.I.SH. |
Ilmiy darajasi va unvoni |
Ixtisosligi shifri va nomi |
Dissertatsiya mavzusi |
1 |
Z.I.Sanakulov |
PhD |
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
So‘zyasalishining leksikografika spekti (nemischao‘zbekchalug‘atlarmisolida) |
2 |
Sh.D.Razakova |
PhD |
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
Harbiy matnlarni tarjima qilishda kompressiyaning struktur-semantik tadqiqi (o`zbek va nemis tillari misolida) |
3 |
M.A.Usmonxodjayeva |
PhD |
13.00.02- ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi |
Boshlang’ich ta’limda chet tilini o’qitishning innovasion metodlari |
4 |
D.Sh.Abduhalilova |
PhD |
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
Nemis va o`zbek frazeologiyasidagi songa oid maqollarning structural-semantic tadqiqi |
5. |
F.Raxmatov |
PhD |
13.00.02- ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi |
Xorijy tillarni o’qitishda “Mnemonika” (xotira san’ati) usullari |
6 |
Z.Kuvonov |
PhD |
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
Nemis tilidagi rangni ifodalovchi frazeologizmlarning milliy-lisoniy muammolari |
MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYAT
Tasdiqlangan yillik reja asosida kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boriladi va bunda asosan talabalarning qiziqishlari hamda ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratiladi. Bugungi kungacha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan fan to`garaklari vai ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Fan to‘garaklari |
||||
1 |
Vorbereitung auf die Prüfung GZ~В1 |
Nemis tili |
Abduxalilova D, Raxmonova D, Quvonov Z |
XTA 19/5, 20/6, 21/6 GURUHLARI |
2 |
Deutsch lernen mit Spass |
Nemis tili |
Razakova Sh, Raxmatov F, Usmonxo`jayeva M |
XTA(ingliz guruhlari uchun) |
Ochiq darslar
Kafedra o’qituvchilari tomonidan ochiq darslar o’tkazib borilmoqda.