+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

MATEMATIKA KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Mahkamov Erkin Musurmanovich, f-m.f.f.d. (PhD)
Mahkamov Erkin Musurmanovich, f-m.f.f.d. (PhD)

Mahkamov Erkin Musurmanovich, f-m.f.f.d. (PhD)

Kafedra mudiri:

Asosiy ma'lumotlar:

KAFEDRA TARIXI


Kafedra 2019 yilda “Aniq va tabiiy fanlar” fakulteti tarkibidagi “Aniq fanlar” kafedrasidan “Matematika” nomi bilan ajralib chiqishi natijasida tashkil topgan. Institut rektorining 2019 yil 30 avgustdagi buyrug‘iga asosan kafedra “Matematika” nomi bilan ataldi.

“Matematika” kafedrasida 18 shtat birligida 1 nafar professor, 4 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi va 10 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqdalar. Kafedraga f-m.f.f.d. (PhD) Mahkamov Erkin Musurmanovich rahbarlik qilmoqda.


 KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR 

 

Bakalavriyat bosqichida

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Matematika o‘qitish metodikasi

Talabalarni matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish.

2

Matematik analiz

Bir o‘zgaruvchili va ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalarning limiti, uzluksizligi, differensiali va integrali bilan birga ularning tadbiqlari ham o‘rganiladi. Bundan tashqari sonli qatorlar va funksional qatorlar o‘rganiladi.

3

Algebra va sonlar nazariyasi

Algebra va sonlar nazariyasi fanida to‘plamlar nazariyasi elementi, chiziqli tenglamalar sistemasi, n-tartibli determinantlar, komplesk sonlar maydoni, sonlar nazariyasi elementlari, matritsalar algebrasi, ko‘phadlar, simmetrik ko‘phadlar, chiziqli, bichiziqli va kvadratik formalar, vektor va Yevklid fazolarining chiziqli almashtirishlari, algebraik tuzilmalar: gruppa, halqa, maydonlar o‘rganiladi

4

Geometriya

Geometriya fani vektorlar ustida amallar, tekislik va fazodagi to‘g‘richiziqlar va ularning vaziyatini, ikkinchi tartibli egrichiziqlar, sirtlar, tekslik tenglamalari va ulanning vaziyatini o‘rganadi. Shu bilan birga analitik geometriya, konstruktiv geometriya, proektiv geometriya, geometriya asoslari, ko‘p o‘lchamli geometriyaning asosiy tushunchalari va metodlarini bilishi hamda ularni masalalarni yechishga tatbiq etish o‘rganiladi.

5

Mutaxassislikka kirish

Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fani talabalarning o‘z ixtisosi bo‘yicha tayyorgarligining asosini tashkil etadigan fanlardan biri hisoblanadi

6

Matematik mantiq va diskret matematika

Matematik mantiq va diskret matematika fani, formal mantiq muammolariga matematik metodlarni qo‘llash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, matematikani asoslashga xizmat qiluvchi fan sifatida foydalanishdir.

7

Matematikadan misol va masalalar

Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi matematikaning turli bo‘limlari (algebra, geometriya) asosida o‘rganilib, hamda boshqa sohalarni (fizika, astronomiya va h.k.) o‘rganishda, ularning masalalarini yechishda muhim ahamiyatga ega.

8

Matematikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalash

Mazkur fanni o‘qitish jarayonida zamonaviy (xususan interfaol) metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya (mediata’lim, amaliy dastur paketlari, prezentatsion, elektron-didaktik) texnologiyalarni qo‘llanilish nazarda tutilgan.

9

Matematika fanini kasbga yo‘naltiib o‘qitish

“Matematika fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitish” matematika o‘qituvchisini kasbiy tayyor­lashning umumiy tizimidagi asosiy fanlardan biridir. U talabalarga matematika o‘qitish jarayonining asosiy qonuniyatlarini, metodlari va vositalarini, shuningdek matematikani boshqa fan asoslari bilan aloqadorlik xususiyatini o‘rgatadi.

10

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

Ehimollar nazariyasi fani talabalarda ehtimoliy intuitsiyani, ya’ni ularda amaliyotda uchraydigan tasodifiy hodisalarning u yoki bu tomonlarini aynan aks ettiruvchi matematik modellarni tuzishni uddalay olish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari, ehtimollar nazariyasi nazariy fizika va statistik fizika, kvant mexanikasi, astronomiya, radioelektronika, biologiya fanlarini o‘rganishda hamda qo‘llaniladi.

11

Matematika tarixi

“Matematika tarixi” fani talabalarga matematika fani rivojlanishida turli xalqlarning roli va o‘rnini o‘rgatish, buyuk matematik olimlarning hayoti va ijodini o‘rgatish hamda matematik g‘oyalarning, tushunchalarning, qonunlarning tarixan shakl topishi va rivojlanishlari va bunda olimlar va olimlar jamoasining rolini o‘rgatish bilan birga umumiy o‘rta maktab, akademik litsey, kasb−hunar kollejlari matematika ta’limida tarixiy ma’lumotlardan foydalanishni o‘rgatish vazifalarini bajaradi

12

Matematik fizika tenglamalari

Matematik fizika tenglamalari fani xususiy hosilali differensial tenglamalar nazariyasini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib fanning maqsadi talabalarga fizik jarayonlarni xusu­siy hosilali differensial tenglamalar yordamida ifodalashni, ular yechimining mavjudligini, yagona ekanligini, boshlang‘ich va chegaraviy shartlarga hamda tenglamada qatnashgan para­metrlarga uzluk­siz bog‘liq ekanligini o‘rganadi.

13

Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi

Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi kursi matematik analiz kursining mantiqiy davomi bo‘lib, kompleks o‘zgaruvchili funksiyalarning differensiali va integrali shuningdek ularni qatorga yoyish masalalarini o‘rganadi. Bundan tashqari kompleks o‘zgaruvchili funksiyalarning geometrik xossalarini o‘rganadi.

14

Matematika (boshqa yo‘nalishlar uchun)

Talabalarni matematikaning zaruriy ma’lumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish hamda matematika fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqliklarini o‘rganishdan iborat.

15

Diffrensil tenglamalar

Differensial tenglamalar kursi bakalaviriat yo‘nalishi talabalariga bu fanning fundamental asoslarini yetarli darajada o‘qitish, bu nazariy bilimlar yordamida mexanika, fizika, texnika va boshqa sohalarda sodir bo‘ladigan jarayonlarni differensial tenglamalar ko‘rinishda ifodalashni, matematik modellar uchun masalaning berilishiga qarab, ularni yechishga o‘rgatish va ixtisoslik fanlarini o‘rgatishga tayyorlashdan iborat.


16

Haqiqiy o‘zgaruvchi funksiyalar nazariyasi


Haqiqiy o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi fanining asosiy maqsadi talabalariga funksional analizning fundamental asoslarini yetarli darajada o‘qitish hisoblanadi. Haqiqiy o‘zgaruvchili funksiyalar nazaryasida Metrik fazolar nazariyasi, to‘plamlar nazaryasidan asosiy ma’lumotlar, nuqtali to‘plamlar, to‘plamning o‘lchovi va o‘lchovli to‘plamlar, uzluksiz funksiyalar, o‘lchovli funksiyalar, Lebeg integrali, fazolar, o‘zgarishi chegaralangan funksiyalar, Lebegning aniqmas integrali, absalyut uzluksiz funksiyalar, Stiltes integrali, Transfinit sonlar o‘rganiladi.


ILMIY ISHLAR

Kafedrada quyidagi mavzularda ilmiy – tadqiqot ishlari olib boriladi:

 

Ilmiy tadqiqot ishlar mavzusi

Maqsad va vazifalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

1.

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida
matematika va axborot texnolo-giyalari o‘qitishda innovatsion klaster usuli

Ushbu ilmiy yo‘nalish umumiy o‘rta ta’lim tizimida Matematika va axbprpt texnologiyalari o‘qitish usullarining taxlili, tarixi, shuningdek, o‘qitishning zamonaviy usullaridan biri, ya’ni innovatsion klaster usulining kelajakdagi istiqbolli yo‘nalishlariga qaratilgan.

2.

Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalarning geometrik nazariyasi

Tekslikda konform va kvazikonform akslantrishlarning geometrik xossalarini o‘rganish. Kvazikonform akslantrishlarning koeffitsentlarini yaxshilash masalalarini o‘rganish.

3

Ko‘p kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar uchun integral formulalar va lokal chegirmalar nazariyasi

Ko‘p kompleks o‘zgaruvchili fazoda golomorf funksiyalar uchun lokal chegirmalar yordamida yangi integral formulalar topish hamda bu formulalar yordamida golomorf funksiyalarni qatorga yoyish.

4

Talabalarda matematik savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga PISA topshiriqlarini tuzish va yechish metodikasini o‘rgatishdan iborat

5

Irrigatsiya tizimi obektlaridagi suv resurslarini optimal boshqarish

Ushbu ilmiy yo‘nalishda matematik hamda sonli modellashtirish, optimal boshqarish usullar, algoritmlash, dasturiy ta’minot va tizimli taxlil tamoyillari qo‘llanilgan.

6

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishda yangi innovatsion uslublarni yaratish.

Ushbu ilmiy yo‘nalish umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan, shuningdek, xorijiy rivojlangan tajribalariga asoslangan yangi innovatsion pedagogik metodikalarni ishlab chiqishga qaratilgan.


TADQIQOTChILAR

  

T.r

F.I.Sh.

Ilmiy darajasi va unvoni

Ixtisosligi shifri va nomi

Dissertatsiya mavzusi

1.

Esanturdiev Mamatqobil Nurmamatovich

Katta o‘qituvchi

05.01.03-Informatikaning nazariy asoslari

Biometrik tizmlarda tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlari

2.

Abraev Bunyod O‘rinbaevich

Katta o‘qituvchi

01.01.01-Matematik analiz

Raqobatlashuvchi o‘zaro ta’sirli SOS modeli uchun Gibbs o‘lchovlari

3.

Tog‘aymudadov Abror Olimovich

O‘qituvchi

01.01.01- matematik analiz

Lokal qavarik fazolarda Masco yakinlashishi

4.

Qarshiboev Obid Sherqul o‘g‘li

O‘qituvchi

01.01.01-Matematik analiz

Panjarada aniqlangan ba’zi modellarning Gibbs o‘lchovlari uchun chegaraviy konfiguratsiyalar


PEDAGOGIK TA’LIM INNOVATSION KLASTERI VA XAMKORLIK ALOQALARI


Umumiy o‘rta ta’lim tizimi jamiyatga sog‘lom fikrli avlod hamda salohiyatli kadrlar tayyorlashning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi. Tizimni rivojlantirish bevosita ta’lim sifatini oshishiga ham sabab bo‘ladi. Lekin ta’lim tizimi faqatgina moddiy-texnik baza emas, balki ana shu ta’minotni istifoda eta oladigan o‘qituvchilar salohiyatiga ham bevosita ham bilvosita bog‘liqdir. Bugungi kunda ana shunday kadrlarga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Chunki maktabgacha, o‘rta ta’lim, oliy ta’lim, magistratura va boshqa akademik ta’lim o‘rtasida uzviylik mavjud emas. Odatda o‘rta ta’lim tizimidagi bilimlar soddadan murakkabga qadar o‘sib borishi, oliy ta’limda esa ana shu bilimlar yanada yangilanib, mustahkamlanib borishi kerak.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tomonidan Toshkent viloyati umumiy o‘rta ta’lim tizimida ta’lim tizimida mavjud kamchiliklarni o‘rganish va ularning tahlil qilish va bu muammolarni hal etish maqsadada viloyat umumiy o‘rta ta’lim ta’lim tizimida pedagogik ta’lim innovsion klasteri yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Ushbu innavotsion usulni qo‘llash orqali viloyatda pedagogik ta’lim yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish, istiqbolni rejalashtirish, ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi aloqa va integratsyani ta’minlash, ta’lim sub’ektlari faoliyatidagi tarqoqliklarni bartaraf etish, hududda pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning qondirilishiga erishish va ta’lim sifatini oshirish mumkin. Hozirda dunyoning rivojlanayotgan davlatlarida turli sohalardagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadadi “Klaster” modelidan foydalanilmoqda. Ushbu sinalgan usul mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish sanoati va boshqa sanoat tarmoqlarida qo‘llanilib o‘z samarasini bermoqda. Shundan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogik ta’lim innovatsion klasterini yaratishni o‘zining ustuvor strategik yo‘nalishi sifatida belgilab oldi.

“Matematika” kafedrasi Umumiy o‘rta ta’lim tizimida yetakchi o‘quv fanlaridan hisoblangan Matematika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha innovatsion klasteri ustida ish olib bormoqda.


Matematika fanini o‘tishda zamonaviy klaster usuli loyixasi

“yo‘l xaritasi”

Pedagogik innovatsion ta’lim klasteri usuli bo‘yicha xorijiy mamlakatlar jumladan Rossiya, Janubiy Koreya tajribalarini o‘rganish

Matematika fanini o‘tish muammolari bilan ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy tekshirish institutlarining amaliy va fundamental loyixalari bilan tanishish va olingan ma’lumotlar asosida pedagogika oliygoxlari, Matematika yo‘nalishidagi namunaviy fan dasturlari va o‘quv rejalarini takomillashtirish

Matematika fani o‘qituvchilarining dars o‘tish sifatini va maktab o‘quvchilarining o‘zlashtirishini innovatsion shaklda tahlil qilish

Maktab faoliyati natijalarini turli sohalarda qayd yetishni ta’minlovchi diagnostik usullarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish

Matematika fani bo‘yicha ta’limning innovasion klasteri loyihasini tuzish

Matematika fani o‘qituvchi va o‘qituvchilari uchun seminarlar, master klaslar tashkil etish, shuningdek, kafedra o‘qituvchilarining maktabdagi dars jarayonida bevosita ishtirok etishin reja asosida tashkil etish, o‘quvchilar va talabalar hamkorligida ixtisoslashgan markazlarga sayoxatlar tashkil etish.

Matematika o‘qituvchilari kengash ishtirokchilari o‘rtasida Matematika forumini tashkil qilish. Bajarilaetgan ishlarni tizimli (internet) elektron modulini yaratish, natijalarni tahlil etish


Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarga ta’lim berish bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlari bilan ham shug‘ullanib kelishmoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlari ikki yo‘nalishda: ya’ni, birinchisi fan yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqotlar, ikkinchisi “pedagogik ta’limning innovatsion klasteri” yo‘nalishlarda hisoblanadi.

Shu bilan bir qatorda innovatsion klasterning subektlari belgilab olindi va ular: Toshkent viloyati XTB, umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litseylar, maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar bilim yurtlari hamda ilmiy tadqiqot institutlari hisoblanadi.

Ushbu olib borilgan kuzatishlar natijasida pedagogik ta’limning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi, ular quyidagilar hisoblanadi:

Oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari orasidagi o‘zaro hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish;

Umuta’lim maktablarida matematika ta’limi bo‘yicha muammolarni aniqlash va ushbu muammalarni hal qilishga yo‘naltirilgan “Maktab-laboratoriyalar”ni tashkil etish va yechimini izlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish;

Matematika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash;

OTM va ilmiy tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishtirib borish va matematika fani o‘qituvchilarini ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish orqali ularda ijodkorlikni shakllantirish;

Maktab o‘qituvchilariga metodik ko‘mak berish orqali matematik ta’lim samaradorligini oshirish;

Matematika fanini o‘qitishda axborot texnologiyalari yutuqlarini joriy qilish va o‘qitish uchun elektron resurslar yaratish hamda joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish;

Ushbu ustuvor yo‘nalishlar belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Dastlab “Pedagogik ta’limning innovatsion klasteri” bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun Chirchiq shahridagi 21 va 15-maktablar bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi va ularda “Maktab-laboratoriya” tajriba maydonchasi tashkil etildi, ularda “Maktab-laboratoriya”ni tashkil etish bo‘yicha ma’sullar belgilandi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu maktablarda master-klass darslari o‘tish orqali maktab o‘qituvchilariga metodik ko‘mak berish choralari ko‘rildi.

“Pedagogik ta’limning innovatsion klassteri” institutning asosiy ustuvor ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi bo‘lib, bu yo‘nalishga asos solishda dastlab viloyatdagi ta’lim muassasalarida mavjud muammolar 2017-2018 o‘quv yillarida o‘rganilib, tahlil qilindi va ushbu muammolar OTM hamda ta’limning boshqa bo‘g‘inlari orasidagi uzviy aloqadorlikning mavjud emasligi, kadrlar salohiyati hamda malakasining yetishmasligi kabi qator muammolar mavjud bo‘lib, dastlabki olib borilgan so‘rovnomalar hamda kuzatishlar asosida kafedrada “muammolar bazasi” shakllantirildi va bu muammolar klassifikatsiyalandi. Ushbu muammolarni hal qilishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot mavzulari shakllantirilib, kafedra yosh professor-o‘qituvchilariga ilmiy mavzular berildi. Bugungi kunda kafedrada pedagogikaning innovatsion klasteri yo‘nalishi bo‘yicha qo‘yidagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

  

 

Matematika kafedrasida “Pedagogik ta’limning innovatsion klassteri” ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot mavzulari


 

Tadqiqotchining F.I.Sh

 

 Ilmiy mavzu nomi

 

Ilmiy rahbari

 

Razokova Nargiza Kamarovna

“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli o‘quvchilarning iqtidorini aniqlash va ularni rivojlantirishning metadalogik asoslarini ishlab chiqish”

Seytov Aybek Jumaboevich, TVChDP “Aniq fanlar” fakulteti, “Matematika” kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD)

Aktamov Feruz Sanaqulovich

“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematikaning trigonametrya bo‘limini o‘qitishning innavatsion klaster usulini ishlab chiqish”

Seytov Aybek Jumaboevich, TVChDP “Aniq fanlar” fakulteti, “Matematika” kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD)

Do‘smurodova Govhar Holboevna

Talabalarni fan olimpiadasiga tayyorlash texnologiyalarni takomillashtirish

Mahmudova Dilfuza Milievna, TVChDP “Aniq fanlar” fakulteti, “Matematika” kafedrasi dotsenti, p.f.f.d (PhD)

Mahmudova Dilfuza Milievna

Talabalarda kreativ kompetentlikni muammoli ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasi (matematika fanini o‘qitish misolida)

G.I.Muxamedov, TVChDP rektori, k.f.d, prof.



Kafedra professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining “pedagogik ta’limning innovatsion klasteri” bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari asosida erishilgan natijalar quyida keltirilgan.

Bundan tashqari kafedra shu bilan bir qatorda talabalarda pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida kafedra qoshida tashkil etilgan iqtidorli talabalardan iborat bo‘lgan “Yosh matematik” guruhi, matematika fanini o‘qitishni interfaol metodlarini qo‘llash bo‘yicha, “Bo‘lajak matematik” guruhi, umumta’lim maktab o‘quvchilarida matematik ta’lim-tarbiyani shakllantirishning innovatsion ta’lim klaster usulini ishlab chiqish bo‘yicha, “iqtidorli talabalar” guruhi hamda matematika fani bo‘yicha iqtidorli maktab o‘quvchilarini aniqlash va rivojlantirish, “ixtirochi talabalar” guruhi esa umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun laboratoriya ishlarining elektron shaklini yaratish ustida kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarida aktiv ishtirok etib kelmoqdalar. “Yosh matematik” loyiha guruhi 21-o‘rta maktabda “pedagogik ta’limning innovatsion klasteri” bo‘yicha samarali ishlar olib bormoqda. Ushbu loyihalar OTM va maktab ta’limi orasidagi uzviy aloqani ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bugungi kunda ham ushbu yo‘nalishlarda kuzatuv hamda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.



 “Yosh matematik” loyiha guruhining umumta’lim maktabida “ta’lim klasteri asosida” amalga oshirgan ishi natijasi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Matematika va niformatika” fakulteti “Matematika kafedrasi” hamda Chirchiq shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qoshida “Maktab laboratoriya” tajriba maydonlari faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu chora tadbirlar rejasiga muofiq kafedra professor o‘qituvchilari maktabni matematika o‘qituvchilariga metodik va ilmiy jihatdan yordam berib kelmoqda.

 


Bundan tashqari Matematika kafedrasi “Tashabbuskor talaba” loyihasi doirasida Chirchiq shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Matematika yo‘nalishi talabalari tashabbusi bilan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Bu loyiha doirasida Toshkent viloyati maktablari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish va talabalarni bir vaqtda amaliyot mashg‘ulotlari bilan o‘qishni olib borishi taminlanmoqda.



Xamkorlik doirasida bajarilayotgan ishlar

Kafedra Qozog‘iston Respublikasining Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat Universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shaxridagi mintaqaviy innovatsion Universiteti va bir nechta umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan, xususan Chirchiq shaxrining 21-maktabida kafedraning “Maktab laboratoriya” si tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 sonli Qarori hamda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti (2019-yil 1- aprel, №01-255), Toshkent Viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining (2019-yil 2-aprel №26) qo‘shma buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litsey bilan doimiy hamkorlik olib borilmoqda. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogiga instituti “Matematika va informatika” fakulteti “Matematika” kafedrasi hamda Chirchiq davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyi “Aniq fanlar” kafedrasi o‘rtasida chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib hozirga qadar rejaga muvofiq hamkorlik ishlari olib borilmoqda.


Prizidentimiz tomonidan matematika fanini rivojlantirish maqsadida bir nechta qarorlar qabul qilinmoqda. Shulardan kelib chiqqan holda Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori G‘.I.Muxamedov tashabbusi bilan “Matematika va informatika” fakulteti qoshida “Matematika va IT” markazi tashkil qilingan. Markaz o‘z faoliyatini hozirgi kunda Chirchiq shahridagi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga kafedraning professor – o‘qituvchilari metamatika fanidan qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Toshkent viloyatidagi maktab bitiruvchilarini Chirchiq davlat pedagogika institutiga jalb qilish, ularni Oliy ta’limga qiziqishini oshirish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari uchun “Matematika va IT” markazi binosiga tashrifi uyushtirildi.


 


Mahkamov Erkin Musurmanovich


Ilmiy darajasi, unvoni:

fizika-matematika fanlari falsafa doktori(PhD)

Matematika kafedrasi mudiri

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 – uy, 1- o‘quv binosi, 301 – xona

Qabul kunlari/vaqti:

Dushanba, soat 14.00-16.00, 301 – xona

Chorshanba, soat 14.00-16.00, 301 – xona

Tel.: +998944300910

Email:erkin_mah@mail.ru, erkincspi@gmail.com

Ilmiy-tadqiqot soxasi:

Ko‘p kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar uchun integral formulalar;

Ko‘p kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar uchun lokal chegirmalar nazariyasi;

Integral formulalar va lokal chegirmalar nazariyasining tadbiqlari.

O‘qitadigan fanlari:

Matematik analiz

Geometriya


Dusmurodova Gavxar  Xolboevna


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Algebra va sonlar nazariyasi;

Matematikadan misol va masalalar yechish;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 – uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +99894-685 15 51

Email: dusmurodova77@mail.ru

Ilmiy-tadqiqot soxasi:

Talabalarni fan olimpiadasiga tayyorlash texnologiyalarni takomillashtirish.


Radjabov Baxtiyor Sharipovich 


Ilmiy darajasi, unvoni:

Texnika fanlari doktori (Professor)

Matematika kafedrasi professori

O‘qitadigan fanlari:

Matematika tarixi;

Matematikadan misol va masalalar yechish;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +99893-002 07 32

Email: radjabov5252@gmail.com

Ilmiy-tadqiqot sohasi::

Murakkab axborot tizimlarida matematik madellashtirish va optemallash nazaryasi.

Oliy ta’limda matematika o‘qitish metodikasi.

Matematika tarixi, jumladan O‘zbekistonda oliy matematika ta’limi tarixi.





Seytov Aybek Jumabaevich


Ilmiy darajasi, unvoni::

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Matematika kafedrasi dotsenti

O‘qitadigan fanlari:

Algebra va sonlar nazariyasi;

Kompleks analiz;

Geometriya;

Matematikadan misol va masalalar yechish;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,401 – xona

Tel.: +99890-985-80-44

Email: seytov.aybek@mail.ru, saybek868@gmail.com

Ilmiy-tadqiqot sohasi::

Suv xo‘jaligi ob’ektlari va tizimlaridagi suv resurslarini optimal boshqarish.

Suv xo‘jaligi ob’ektlari va tizimlarining tizimli taxlili.

Suv xo‘jaligi ob’ektlari va tizimlari ma’lumotlar bazasi axborotlarni qayta ishlash.

Suv xo‘jaligi ob’eklarini (daryo, magistral kanal, kanallar, xo‘jaliklararo kanallar va h.k.) matematik modellashtirish.

Zamonaviy dasturlash tillari yordamida dasturiy ta’minot yaratish

Ta’lim tizimda yangi pedagogik texnologiyalar.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishning yangi innovatsion texnologiyalarini yaratish.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishda axborot kommunitsiya texnologiyalarini joriy qilish.

Oliy ta’lim muassalarida talabalarni ayrim yo‘nalishlarda o‘qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari tadbiq qilgan holda o‘qitish.



G‘ayipov Mansurbek Yangibaevich

 

Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Matematika.

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +998997975393

Email: gayipovmansur@gmail.ru

Ilmiy-tadqiqot sohasi::

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishda axborot kommunitsiya texnologiyalarini joriy qilish.

Oliy ta’lim muassalarida talabalarni ayrim yo‘nalishlarda o‘qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari tadbiq qilgan holda o‘qitish.



Mahmudova Dilfuza Melievna


Ilmiy darajasi, unvoni:

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktiri (PhD)

Matematika kafedrasi dotsenti

O‘qitadigan fanlari:

Matematika o‘qitish metodikasi;

Geometriya;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,401 – xona

Tel.: +99899-984 74 74

Email: dilfuzamahmudova@gmail.com

Ilmiy-tadqiqot soxasi:

1.Pedagogika.

2. Geometriya.

3.Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi.


Solaeva Mehribon Norimonovna


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Matematik analiz;

Differensial tenglamalar.

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +998900101428

Email: mehribon.solayeva@bk.ru

Ilmiy-tadqiqot soxasi:

Matematika o‘qitish metodikasi. “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hosila va integrallarni o‘qitishning innovatsion uslublarini ishlab chiqish.”

Matematik analiz “Subgarmonik funksiyalar”




Abduraxmonov Abdushukur Gapparovich


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Matematika o‘qitish metodikasi;

Matematika o‘qitish texnalogiyalari va loyixalash;


Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +99895 1424232

Email: abdushukur1969@mail.ru

Ilmiy tadqiqot soxasi:

Dasturiy matematik paketlar.

Matematik madellashtirish.



Esonturdiev Mamatqobil Nurmamatovich 


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Matematika;

Algebra va sonlar nazariyasi.

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +99890-5763257

Email: esonturdiyev80@mail.ru

Ilmiy-tadqiqot soxasi:

1.Biometrik tizimlarda tasvirlarga dastlabki ishlov berish.

2. Yaqinlashuvchi ketma –ketliklar giperfazosida ekstent va tesnota.





Toshboeva Nargiza Yo‘ldashevna


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Geometriya;

Algebra va sonlar nazariyasi;

Matematika o‘qitish metodikasi;

Matematikani kasbga yo‘naltirib o‘qitish;.

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +99897- 101 08 25

Email: ntoshboyeva@list.ru

Ilmiy-tadqiqot sohasi:

Pedagogika.

Ikkinchi tartibli chiziqlarni innavatsion o‘qitish metodikasi va xayotdagi tadbiqlari.

Algebra va sonlar nazariyasida taqqoslamalarni Eyler funksiyasi yordamida yechish usullari.


Islomov San’at Mash’al o‘g‘li


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Geometriya;

Matematika;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +998993919300

Email: islomovsanat9313@gmail.com

Ilmiy-tadqiqot sohasi:

Gipersimmetrik fazolarning topologik xossalari.

Kopyoqlarni o‘qitish metodikasi.



Qobilov Tursunboy Abdullo o‘g‘li


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Matematika;

Algebra va sonlar nazariyasi;

Matematika o‘qitish metodikasi;

Matematikadan misol va masalalar yechish;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi, 301 – xona

Tel.: +99899- 780 09 95

Email: tursunboyqobilov95@gmail.com

Ilmiy-tadqiqot sohasi:

Parametrli xosmas integrallarni Eyler funksiyalari yordamida yechish usullari

Sonli va funksional qatorlarni funksiani bosh qismini ajratish yordamida yaqinlashishga tekshirish.

Yaqinlashuvchi ketma –ketliklar giperfazosida ekstent va tesnota.


Tag‘aymurotov Abror Olimovich

Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Geometriya;

Matematikadan misol va masalalar yechish;

Matematikani kasbga yo‘naltirib o‘qitish;.

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,401 – xona

Tel.: +998900120714

Email: tagaymurotov93@gmail.com

Ilmiy-tadqiqot sohasi:

Ikkinchi tartibli chiziqlarni innavatsion o‘qitish metodikasi va xayotdagi tadbiqlari.

Sonli va funksional qatorlarni funksiani bosh qismini ajratish yordamida yaqinlashishga tekshirish.




Qodirova Charos Turapovna 


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Geometriya;

Algebra va sonlar nazariyasi;

Matematika o‘qitish metodikasi;

Matematika;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,401 – xona

Tel.: +99897-763 52 58

Email: charoskadirova@bk.ru

Ilmiy-tadqiqot sohasi:

Kasr tartibli tenglamalarni iqtsidiyodga tadbiqi.

Yaqinlashuvchi ketma –ketliklar giperfazosida ekstent va tesnota.


Xanimkulov Baxrom Roxmonkulovich


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Ehtimollar nazariyasi va matematika statistika elementlari;

Matematika;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +99897-4037590

Email: XonimqulovB152@mail.ru

Ilmiy-tadqiqot sohasi::

Suv xo‘jaligi ob’ektlari va tizimlarining tizimli taxlili.

Suv xo‘jaligi ob’ektlari va tizimlari ma’lumotlar bazasi axborotlarni qayta ishlash.


Aktamov Feruz Sanaqulovich

 

Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Matematika analiz;

Algebra va sonlar nazariyasi;

Matematika o‘qitish metodikasi;

Matematikadan misol va masalalar yechish;

Differensial tenglamalar;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +998942851929

Email: feruzaktamov@mail.ru

Ilmiy-tadqiqot sohasi::

Xususiy xosilalar differensial tenglamalar.

Matematika o‘qitish metodikasi.

Matematika fizika tenglamalari.


Razzokova Nargiza Kamarovna

 

 

Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Matematika;

Matematika o‘qitish texnologiyalari va loyixalashtirish;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,401 – xona

Tel.: +99890 917 97 15

Email: nrazokova.90@mail.ru

Ilmiy-tadqiqot sohasi:

Matematika o‘qitish metodikasi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik ta’lim innavatsion klaster masalalarini takomillashtirish.



Eshqoraev Qaxramon Aburaxmatovich



Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matemaktika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Matematika;

Algebra va sonlar nazariyasi;

Matematikadan misol va masalalar yechish;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +99890-3486165

Email: qahramon87@bk.ru

Ilmiy-tadqiqot sohasi:

Nomalum parametilarni rekurrent baholash va ularning statistik tahlili.

Matematika o‘qitish metodikasi.


 Usmonov Baxtiyor Zoxirovich

 


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Geometriya;

Algebra va sonlar nazariyasi;

Matematik analiz;

Differensial tenglamalar;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi,301 – xona

Tel.: +998901379610

Email: bakhtiyer.usmanov@mail.ru

Ilmiy-tadqiqot sohasi::

Aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni tadqiq yetish.

3- tartibli elliptik giperbolik tipdagi chegaraviy masalalar.



Yusupov Muxtorbek Roximovich


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Matematika;

Algebra va sonlar nazariyasi;

Matematik analiz;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi, 301 – xona

Tel.: +99894-111-99-32

Email: muxtoryusupov@gmail.com

Ilmiy-tadqiqot sohasi:

Aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni tadqiq yetish.

Ikki o‘lchovli ko‘pxillikda differensial o‘yinlar.


Abraev Bunyod O‘rinboevich


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Matematika;

Matematik analiz;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi, 301 – xona

Tel.: +99893-226-26-45

Email: abrayev89@mail.ru

Ilmiy – tadqiqot sohosi:

Raqobatlashuvchi o‘zaro ta’sirli SOS modeli uchun Gibbs o‘lchovlari.

Keli daraxtida aniqlangan ba’zi modellarning asosiy holatlari.




Qarshiboev Obid Sherqul o‘g‘li


Ilmiy darajasi, unvoni:

Yo‘q

Matematika kafedrasi o‘qituvchisi

O‘qitadigan fanlari:

Algebra va sonlar nazariyasi;

Matematik analiz;

Kafedra manzili:

111706, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino / ofis: 1- o‘quv binosi, 301 – xona

Tel.: +99899-643-17-59

Email: okarshiboevsher@mail.ru

Ilmiy-tadqiqot sohasi:

Panjarada aniqlangan ba’zi modellarning Gibbs o‘lchovlari uchun chegaraviy konfiguratsiyalar.

Keli daraxtida aniqlangan SOS modelining Gibbs o‘lchovlari.



 

ALOQA

 


Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104 - uy

Bino/ofis: 1-bino, 3-qavat, 301-xona

Tel./faks: (+998-70) 7124540

E-mail: erkin_mah@mail.ru, erkincspi@gmail.com.