+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI

Kafedra mudiri: t.f.n dotsent Nosirov Otabek Nazirjanovich
t.f.n dotsent Nosirov Otabek Nazirjanovich

t.f.n dotsent Nosirov Otabek Nazirjanovich

Kafedra mudiri:

Asosiy ma'lumotlar:

Ijtimoiy fanlar kafedrasi 2019-yil yanvar oyida tashkil topgan. Kafedra Gumanitar fanlar fakulteti tarkibiga kiradi.


Ijtimoiy fanlar kafedrasi Milliy g‘oya : ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishigaixtisoslashgan.


Bakalavr:

5111600- Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi


Magistratura:

5A111601- Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)


Ijtimoiy fanlar kafedrasida o‘tiladigan fanlar:

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1

Fuqarolik huquqi

Talabalarni fuqarolik huquqiy munosabatlar, fuqarolik huquqiy munosabatlarining sube’kti, obe’kti, bitimlar, da’vo muddati, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar va ularni himoya qilish, majburiyatlar, shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar va shu kabi masalalarga oid bilimlar bilan tanishtirishdan iborat.

2

Oila huquqi

Oila huquqi tizimini, unda tartibga solinadigan oilaviy-huquqiy munosabatlarni, nikoh va u bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga doir masalalarni chuqur tahlil qila oladigan kadrlar tayyorlashdir

3

Xalqaro huquq

Xalqaro huquq tizimini, unda tartibga solinadigan munosabatlarni va normalarni , xalqaro huquqda javobgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni chuqur tahlil qila oladigan kadrlar tarbiyalashdir.

4

Jinoyat huquqi

Jinoyat huquqini predmetini va uning boshqa huquqiy fanlar tizimidagi o‘rni va rolini, jinoyat qonunchiligi asoslarini , jazo tamoyillari, jinoiy javobgarlikka tortish tartibi, jinoiy qilmishlarini kvalifikatsiyasini ochib berish

5

Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi

G‘oyalarning vujudga kelishi, shakllanish bosqichlari va tarixiy ildizlari, g‘oyalarning inson va jamiyat xayotida tutgan o‘rni hamda rolini ochib berish, har bir xalqva middatning o‘tmishi, buguni va kelajagi, taraqqiyotiga intilishi va milliy yuksalishida g‘oya va tamafkuralarning ahamiyati haqida ilmiy bilimlar berishdan iborat

6

Davlat va huquq nazariyasi tarixi

Davlat hamda huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va namoyon bo‘lishining eng umumiy qonuniyatlarini, ularning ilmiy talqini , davlatchilik tarixi hamda huquqiy rivojlanishini kelgusidagi yo‘llarini, huquqiy qadriyatlarini , aholining huquqiy ongi va yuksak huquqiy madaniyatini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.

7

Ma’naviyatshunoslik

Talabalarga ma’naviyatning mazmun-mohiyati, ma’naviyatshunoslik fanining shakllanish jarayoni, xalqimizning tarixan boy ma’naviy merosi, ma’naviy – ma’rifiy takomil bosqichlari, milliy ma’naviyatimizning umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unligi, uning o‘ziga xos betakror xususiyatlari haqida tushuncha berish va bu boradagi bilimlarini oshirishdan iborat.

8

Geosiyosat

Geosiyosiy jarayonlarni spitsifik sotqial fenomen sifatida kompleks taxlil qilishdan iborat.

9

Globallashuv asoslari

Globallashuv tushunchasining mazmun mohiyatini anglash orqali uning asosiy tendensiyalarini o‘rganishdan iboratdir.

10

Ijtimoiy xayot va din

O‘sib kelayotgan yosh avlodni turli yot g‘oyalarga qarshi tura oladigan ruxda tarbiyalash, kindik qoni to‘kilgan ona yurtni asrab avaylashga chaqirish. Vatanparvarlik ruxida tarbiyalashdan iborat.

11

Konstitutsiyaviy huquq

Konstitutsiyaviy huquq tizimi, unda tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni, jamiyat va davlat tuzumining asoslarini hamda davlat hokimiyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga doir masalalarni chuqur tahlil qila oladigan kadrlar tarbiyalashdir

12

Ma’naviy ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi

Talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanining nazariy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish.

13

Sotsiologiya

Talabalarga jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy muammolarni sotsiologik nuqtai nazardan tushuntirish hamda fanning dolzarb masalalarini echishning uslub va uslubiyotlarini, sotsiologik tahlil va tavsiyanomalar yaratishni o‘rgatish

14

Ta’lim tarbiya jarayonida normativ huquqiy xujjatlar

Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilarini oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari haqidagi bilimlarini takomillashtirish, normativ xujjatlarni qo‘llashdagi muammolarni aniqlash, tahlil etish to‘g‘risidagi ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish

15

Falsafa

YOshlarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri fikrlash mahoratini, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

16

Etnomadaniyat

Etnommadaniyat faniga oid tushunchalar va tamoyillar to‘g‘risida talablarga zamonaviy talablar asosida har taraflama chuqur bilim berish bilan birga ularning umuminsoniy dunyoqarashlarni shakllantirish

17

Ekstrimizm va terrorizxmga qarshi kurashning ma’naviy ma’rifiy asoslari

Inson ongi va qalbi uchun kurash asosiy masalaga aylangan davrda dunyo mamlakatlarining ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurash tajribasini o‘rganish

18

Mehnat huquqi

Mehnat qonunchiligini chuqur o‘rgangan va tahliliy mushohada bilan amaliyotda qo‘llay oladigan keng fikrli, chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash

19

Ekalogiya huquqi

Ekalogiya huquqi tizimini, unda tartibga solinadigan munosabatlar va ularning o‘ziga xos tomonlarini chuqur o‘rgangan va har tomonlama tahlil qila oladigan Vatanparvar etuk kadrlarni tarbiyalashdir.


Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar jamoasi to‘plangan. Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan etakchi o‘qituvchilar:

  • Nosirov Otabek Nazirjonovich-kafedra mudiri t.f.n dotsent
  • G‘afforova Gulchexra G‘ulomjonovna – f.f.d professor v.b
  • Jo‘raev YUldosh Ochilovich – yu.f.d professor
  • Ikramov Ravshan Aktamovich – yu.f.n dotsent
  • Xusanov Baxodir Ergashovich - f.f.n dotsent
  • Boltaev N.S - yu.f.n dotsent
  • Musaev Odil Raxmatovich - f.f.d dotsent
  • Ismayilov Akmal Ziyodullaevich – katta o‘qituvchi
  • Axatov Lutfullo Karamatulloevich - katta o‘qituvchi
  • Safarov Muxlis – o‘qituvchi
  • Kashonova Nilufar Maxsudovna- o‘qituvchi
  • Hojiev Rasulbek Boynazar o‘g‘li- o‘qituvchi
  • Ibrohimov Farxod Anvarjon o‘g‘li- o‘qituvchi
  • Madalimov Temur Abdullaevich – o‘qituvchi
  • SHaripov Mirzoxid Latifovich- o‘qituvchi
  • Xayitmetov Raimberdi Qudratullaevich
  • Xolmo‘minov G‘ofur- o‘qituvchi
  • Toshmetov To‘xtasin- o‘qituvchi
  • Qarshiev SHerzod Sayidalievich – o‘qituvchi
  • Mamatqulov Alisher- o‘qituvchi
  • Xudoynazarov Azamatjon O‘rinboevich- o‘qituvchi
  • Urazboeva Barno- o‘qituvchi
  • Nafasova Z.- o‘qituvchi
  • Mengliqulov Umid Mamadievich- o‘qituvchi
  • Xudoyberganov Ravshan- o‘qituvchi


2019 yilning 14-15 noyabr sanasida kafedramiz o‘qituvchisi R.K.Xayitmetov xalqaro reytingda TOP-1000 kiruvchi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat uneversitetiga o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida xizmat safarida bo‘lib qaytdi. Xizmat safari natijasiga ko‘ra, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat uneversiteti “Huquq va xalqaro munosabatlar” fakulteti “Falsafa va madaniyat” kafedrasi hamda Toshkent viloyati CHirchiq davlat pedagogika instituti, “Gumanitar fanlar ” fakulteti “Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi o‘rtasida №1064-sonli shartnoma imzolandi. Ushbu shartnoma 5 yil muddatga to‘zilgan bo‘lib, u o‘z ichiga jami 16ta banddan iborat 6ta bo‘limni qamrab olgan. Ushbu shartnomaga ko‘ra endilikda yuqoridagi nomlari keltirilgan ikki kafedra keng qamrovli ishlarni olib borishni rejalashtirgan.

2020 yil 2 oktyabr kuni Rossiyaning “MISiS” uneversiteti bilan hamkorlikda “Problema gendernogo ravenstva v sovremennom mire” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Ushbu seminar-trening keng qamrovli bo‘lib o‘tdi. Kelgusida bu kabi seminar-treninglarni ko‘plab o‘tkazish reja qilib olindi.

Ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish darajalari ro‘yxati

 

Bakalavr 

Yo‘nalish kodi

Talim yo‘nalishi va darajasi

O‘qish muddati va talim tili

5111600

Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

4 yil

O‘zbek tili

 

 

 

Magistratura 

Yo‘nalish kodi

Talim yo‘nalishi va darajasi

O‘qish muddati va talim tili

5A111601

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)

2 yil

O‘zbek tili

 

Ikkinchi OT 

Yo‘nalish kodi

Talim yo‘nalishi va darajasi

O‘qish muddati va talim tili

5111600

Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

3 yil

O‘zbek tili

 

Sirtqi ta’lim 

Yo‘nalish kodi

Talim yo‘nalishi va darajasi

O‘qish muddati va talim tili

5111600

Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

5 yil

O‘zbek tili

 

  

Tadqiqotchilar

Professor-o‘qituvchilarning F.I.SH

Ilmiy unvoni

Ixtisosligi va shifri nomi

Dessirtatsiya mavzusi

1.

Nosirov Otabek Nazirjanovich

t.f.n dotsent

07.00.01 – O‘zbekiston tarixi

O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyati va tarixi

3.

G‘afforova Gulchexra G‘ulomjonovna

f.f.d professor v.b

09.00.01- antalogiya genisalogiya va mantiq

Murakkab tizimlarda axborot generatsiyasining falsafiy-metadologik asoslari

4.

Ismayilov Akmal Ziyodulloevich

katta o‘qituvchi

09.00.04.-ijtimoiy falsafa

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishida huquqiy ongni o‘rni(ijtimoiy-falsafiy tahlil)

5.

Axatov Lutfullo Karamatullaevich

katta o‘qituvchi

09.00.03- Falsafa tarixi

A.Jomiyning irfoniy qarashlari

6.

SHaripov Mirzoxid Latifovich

o‘qituvchi

09.00.01- falsafa va fan uslubiyati

Inson kapitalining moxiyati, uning konseptual-metodologik asoslari

7.

Hojiev Rasulbek Boynazar o‘g‘li

o‘qituvchi

09.00.04.-ijtimoiy falsafa

SHaxsda ijtimoiy kreativlik va ledirlik xususiyatlarini shakllantirishda O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining roli

8.

Ibrohimov Farxodjon Anvarjon O‘g‘li

o‘qituvchi

13.00.01- pedagogika nazariyasi va pedagogika ta’limotlar tarixi

Begonalashish jarayonlarini axloqiy tarbiya klasteri asosida bartaraf etishning pedagogik asoslari

9.

Madalimov Temur Abdullaevich

o‘qituvchi

09.00.03. Falsafa tarixi

Qadimgi Hindistonda Nyaya falsafiy maktabining bilish muammolari

10.

Kashanova Nilufar Maqsudovna

o‘qituvchi

13.00.01- pedagogika nazariyasi va pedagogika ta’limotlar tarixi

Ta’lim klasteri vositasida murabbiylik faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari

11.

Fayziev Ibrohim SHuxratovich

o‘qituvchi

07.00.01-davlat boshqaruvi va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish

O‘zbekistonda elektron hukumatning joriy etilishi va rivojlanishi

12.

Xolmo‘minov G‘ofur

o‘qituvchi

09.00.01- antalogiya genisalogiya va mantiq

Axborotlashgan jamiyatda bilim va e’tiqodning almashinuvi va epistimalogik talqini

13.

Toshmetov To‘xtasin

o‘qituvchi

19.00.05-milliy g‘oya targ‘ibot texnalogiyalari

Globallashuv sharoitida milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirish innavatsion texnalogiyalari

14.

Boboqulov.SH

o‘qituvchi

19.00.05-milliy g‘oya targ‘ibot texnalogiyalari

O‘zbekiston oila qonunchiligi rivojlanish tarixi

 

 “Ma’naviyat gulshani” – bu ma’naviy-marifiy to‘garagida talaba yoshlarimiz o‘z ma’naviy-ma’rifiy bilim ko‘nikmalarini oshirib boradilar. Ushbu to‘garakka ma’sul qilib M.L.SHaripov biriktirilgan. To‘garak xaftaning har chorshanbasida bo‘lib o‘tadi.

“YOsh targ‘ibotchilar” – bu ma’naviy-marifiy to‘garagida har bir talaba o‘zining ledirlik qobilyatini sinab ko‘ra oladi. Ushbu to‘garak yosh ledir-tarhibotchilarni tayyorlashga qaratilgan. Bunga ma’sul qilib F.A.Ibrahimov biriktirilgan.

“Munozara” - ushbu ma’naviy-marifiy to‘garagida yoshlarda hozirjavoblikni, o‘z fikrida qat’iy tura olishga va notiqlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Mazkur to‘garakka mas’ul qilib R.B.Hojiev biriktirilgan. To‘garak har payshanba kuni Gumanitar fanlar fakulteti binosida bo‘lib o‘tfadi.

 

Kafedraning 2021-2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik va qabul jarayoni: