Asosiy ma'lumotlar:
Genetika va evolutsion biologiya kafedrasi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Kengashining 2020-yil 29-avgustdagi 1-sonli qaroriga muvofiq Biologiya kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan va bugungi kunda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:
Kafedrada tayyorlanayotgan kadrlar
60110900-Biologiya ta’lim yo‘nalishi, bakalavr (kunduzgi), o‘qish muddati 4 yil.
|
|
60110900-Biologiya ta’lim yo‘nalishi, bakalavr (keshki), o‘qish muddati 4 yil 7 oy.
|
|
60110900-Biologiya ta’lim yo‘nalishi, bakalavr (sirtqi), o‘qish muddati 5 yil.
|
13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Kafedra tarkibi va ilmiy salohiyat
Kafedrada bugungi kunda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar soni 15 nafarni tashkil etadi. Shundan 3 nafari fan doktori (DSc), 5 nafari esa fan nomzodi va falsafa fanlari bo‘yicha fan doktorlari (PhD) bo‘lib, ilmiy salohiyat 57,1% ni tashkil etadi.
Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari
Raximov Atanazar Karimovich |
biologiya fanlari doktori, professor vazifasini bajaruvchi |
genetika va biologiya o’qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis |
Amanov Baxtiyar Xushbakovich |
biologiya fanlari doktori, professor vazifasini bajaruvchi |
o’simliklar genetikasi va seleksiyasi sohasi bo‘yicha mutaxassis |
Kurbanbayev Ilxom Djumanazarovich |
biologiya fanlari doktori, dotsent |
genetika va o‘simliklar fiziologiyasi sohasi bo‘yicha mutaxassis |
Muminov Xasan Aliqulovich |
biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent |
o’simliklar genetikasi va seleksiyasi sohasi bo‘yicha mutaxassis |
Mutalov Karimjon Abduraximovich |
biologiya fanlari nomzodi, dotsent |
botanika va biologiya o’qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis |
Mirzayeva Nodira Abduxamidovna |
pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent |
biologiya o’qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis |
Bo’ronov Akmal Qalandar o’g’li |
biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent |
o’simliklar genetikasi va selektiyasi sohasi bo‘yicha mutaxassis |
Boboxo’jaev Shuxrat Umarovich |
biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent |
genetika va stitologiya sohasi bo’icha mutaxassis |
Nurmetov Xushnud Saparboyevich |
katta o’qituvchi |
genetika va biologiya o’qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis |
Zakirov Doniyor Utkirovich |
katta o’qituvchi |
genetika va biologiya o’qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis |
Bektayeva Huriyat Ortiqaliyevna |
o’qituvchi |
dorivor o’simliklar biologiyasi sohasi bo‘yicha mutaxassis |
Matkarimov Farrux Ilxomovich |
o’qituvchi |
genetika va o‘simliklar fiziologiyasi sohasi bo‘yicha mutaxassis |
Rasulova Oygul Odil qizi |
o’qituvchi |
mikrobiologiya va biologiya o’qitish metodikasi sohasi bo‘yicha mutaxassis |
Tursunova Nilufar Muydinovna |
o’qituvchi |
genetika va o‘simliklar fiziologiyasi sohasi bo‘yicha mutaxassis |
Umirova Lobar Fayzullayevna |
o’qituvchi |
genetika va biologiya o’qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis |
|
|
|
KAFEDRA FAOLIYAT TURLARI
Biologiya kafedrasi institut miqyosida biologiya fan tarmog‘iga mansub fanlar bo‘yicha o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-usulubiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunda loyiha, monografiya, patent va o’quv-uslubiy qo’llanma tayyorlab nashr ettirdi.
KAFEDRADA O‘QUV JARAYONI
Tayyorlanayotgan kadrlar raqobatbardoshligini oshirish maqsadida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab kredit modul tizimiga moslashtirilgan o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqildi va ushbu o‘quv-me’yoriy hujjatlar asosida o‘quv jarayoni tashkil etildi. O‘quv rejalar ishlab chiqishda dunyoning rivojlangan davlatlari oliy ta’lim muassasalari tajriblari o‘rganilda va bitiruvchilar bilimini oshirish maqsadida “Genomika”, “Proteomika” va “bioinfomatika” kabi zamonaviy fanlar kirtildi. O’quv jarayonini sifatini oshirish maqsadida kafedra qoshida “Issiqxona”, “Bioekologik maydoncha” hamda “Molekulyar biologiya bioinformatika” o‘quv-ilmiy laboratoriyalar tashkil etilgan.
ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI
Kafedrada ikki asosiy yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, jumaladan “Toshkent viloyati florasi va faunasiga ekologik omillar ta’sirini aniqlash hamda muhofaza choralarini ishlab chiqish”, ikkinchi ilmiy yo‘nalish, ya’ni “Pedagogik ta’limning innovision klasteri asosida biologik ta’limni tashkil etish va samaradorligini aniqlash” bo‘lib, ushbu ilmiy yo‘nalishida o‘ndan ortiq kafedra yosh o‘qituvchilari hamda magistrantlar, iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot olib bormoqda.
Kafedra ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarni rivojlantirish maqsadida quyida keltirilgan qator tashkilotlar va ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ularga: O‘zR FAga qarashli qator ilmiy-tadqiqot institutlari, jumladan, Genetika va O‘EB instituti, Botanika instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va umumta’lim maktablarini kiritish mumkin.
Kafedra hamkorlikda loyihalar tayyorlash, ilmiy stajirovkalar va o‘quv amaliyotlarni tashkil etish maqsadida bir qator Yevropa va MDH mamlakatlarining universitetlari bilan Xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ular:
1. Institute of Microbiology Chinese Academy of Sciences Beijing 100101, China E-mail: liuxz@im.ac.cn. (Xitoy);
2. Mycology Laboratory of Institute of Microbiology, Chinese Academy of Sciences (Xitoy).
Kafedrada quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi:
Evolutsiya jarayonida vujudga kelgan bioxilma-xilliklarni ilmiy ahamiyatini o‘rganish va genetik-seleksion tadqiqotlar olib borish;
Qishloq xo’jaligi ekunlarini (g’o’za, bo’g’doy, loviya, no’xat va boshqa) amaliyotga joriy etish va patentlash;
Biologiya fanini o‘qitishni innovatsion ta’lim klasteri asosida tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirish;
Umumta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitish uchun elektron resurslar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Kafedrada iqtidorli talabalr bilan ishlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular bilan muntazam ishlar olib borish maqsadida professor-o‘qituvchilari tomonidan “Yosh genetiklar”, “Ibn Sino avlodlari” kabi to‘garaklar faoliyati hamda ularni rivojlantirish ustida ishlar olib boriladi.
MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYAT
Tasdiqlangan yillik reja asosida kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boriladi va bunda asosan talabalarning qiziqishlari hamda ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratiladi. Bugungi kungacha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Xotira va qadrlash kuni”, “Navro’z”, “Navoiy se’riyati ta’lim-tarbiya manbai!” kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Biz biologiya sohasida sifatli ta’lim olish va fundamental bilimlarga ega bo‘lishi uchun abituriyentlarni bakalavr darajani olish uchun va biologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomga ega bo‘lgan yosh tadqiqotchilarni esa magistraturaga o‘qishga taklif qilamiz.
Ta’lim yo‘nalishlari va tayyorlash darajasi:
oliy ta’lim - bakalavriat
Kod |
Yo‘nalish |
tayyorlash profili |
60110900 |
Biologiya Daraja: bakalavr |
Biologiya
|
60110900 |
Biologiya Daraja: bakalavr |
Biologiya
|
60110900 |
Biologiya Daraja: bakalavr |
Biologiya
|
Oliy ta’lim - magistratura
Kod |
Yo‘nalish |
tayyorlash profili |
5A110401 |
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish (biologiya) |
Biologiya
Ta’lim tili: o‘zbek tilida. |