+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

FAKULTETLARARO CHET TILLAR KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Maxmudov Qudratbek Shavkat o‘g‘li
Maxmudov Qudratbek Shavkat o‘g‘li

Maxmudov Qudratbek Shavkat o‘g‘li

Kafedra mudiri:

Asosiy ma'lumotlar:

 Telegram: https://t.me/English_in_Chirchik

Kafedra to‘g‘risda ma’lumot: Fakultetlararo chet tillar kafedrasi Chirchiq davlat pedagogika instituti Kengashining 2019 yil 27 avgustda qabul qilgan 1-sonli Qaroriga muvofiq, Tarix va tillar fakulteti "Xorijiy tillar" kafedrasi tarkibidan alohida "Fakultetlararo chet tillar" kafedrasi bo‘lib ajralib chiqdi va faoliyat ko‘rsata boshladi.


Fakultetlararo chet tillar kafedrasida o‘tiladigan fanlar:

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Ingliz tili

Fan ingliz tilining ma’lum ko‘nikmalari (o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) hamda kompetensiyalari (grammatika va leksika) asosida B1-B2 darajalarida o‘qitiladi.

2.

Amaliy ingliz tili

Amaliy ingliz tili fani bitiruvchi kurs talabalariga moslangan bo‘lib, talabalarning tahsil olayotgan yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, o‘z sohalariga yo‘naltirib o‘qitiladi.



Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar jamoasi to‘plangan.

  • Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi O‘qituvchilar:
  • Maxmudov Qudratbek Shavkat o‘g‘li - kafedra mudiri v.b.
  • Otajonova Dildor Baxtiyarovna – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi
  • Xoshimova Dilnoza Rixsiboevna – katta o‘qituvchi
  • Djabborova Feruza Odilovna – katta o‘qituvchi
  • Ruzmetova Mamlakat Azadovna – katta o‘qituvchi
  • Eshonqulova Sarvinoz Yashinovna – o‘qituvchi
  • Xaldarcheva Gauxar Serikbaevna – o‘qituvchi
  • Kayumova Gulnoza Abduxalilovna – o‘qituvchi
  • Orazova Firyuza Orazovna – o‘qituvchi
  • Zuparova Saodat Sharipovna – o‘qituvchi
  • Djuraeva Yulduz Abdullaevna – o‘qituvchi
  • Ayatov Rahimberdi Ibragimovich – o‘qituvchi
  • Sherov Doston Matlabboy o‘g‘li – o‘qituvchi
  • Mirbabaeva Sabina Sobirjonovna – o‘qituvchi
  • Shegay Alla Vladimirovna – o‘qituvchi
  • Ergashev Doniyor Dovronovich – o‘qituvchi
  • Krivosheeva Galina Nikolaevna – o‘qituvchi
  • Babadjanova Nargiza Xalbaevna – o‘qituvchi
  • Baisov Axmad Sabijanovich – o‘qituvchi
  • Jumanova Go‘zal Alisherovna – o‘qituvchi

Kafedrada Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri asosida “Madaniyatlararo muloqot loyhasi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyiha Chirchiq davlat pedagogika institutining asosiy strategik tadqiqot ob’ekti bo‘lgan Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri va “Maktab-laboratoriya” innovatsion tajriba maydonchalarida amalga oshiriladigan “Madaniyatlararo muloqot” loyiha guruhinining faoliyatini takomillashtirishga asoslangan.

Loyihaning masadi:

  • • Xorijiy tilni o‘qitishda turli madaniy usullar (qo‘shiq, she’r, topishmoq, tez aytish, ertak va hokazo)dan foydalanish va til ko‘nikmalarini chuqur o‘rgatish;
  • • O‘rganilayotgan til mamlakat madaniyati yordamida tilning ko‘rinmas elementlari va muammolariga yechim topish;
  • • O‘quvchilarning o‘z madaniyati va o‘zga madaniyatidagi farqlarni anglashi, tahlil qila olishi;
  • • Xorijiy tilni o‘rganish davomida madaniy shokning oldini olish;
  • • Maktab o‘quvchilarida madaniyatlar turfa-xilligini tahlil etish yordamida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish.

 


O‘quv jarayonini olib borilishi 

O‘quv jarayonida Oxford University nashriyotining English File darsligi qo‘llanilmoqda. Darslar B1-B2 darajalarda (zarur hollarda A2 darajadar boshlab) olib boriladi.








Xalqaro xamkorlik aloqalari 

Kafedrada xalqaro tadbilar tashkil etib boriladi. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari xalqaro konferensiya va vebinarlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.


Tadqiqotchilar

T.r

F.I.Sh.

Ilmiy darajasi va unvoni

Ixtisosligi shifri va nomi

Dissertatsiya mavzusi

1

D.B.Otajonova

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

Ingliz badiiy matnlarida detektiv sohaga oid leksik birliklarning o‘ziga xos jihatlari

2

D.R.Xoshimova



13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)

Talabalarda ingliz tilidagi hissiy-ekspressiv nutqni mnemonik baza asosida tezkor o‘stirish metodikasi

3

Q.Sh.Maxmudov


13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)

Ingliz tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish masalalari (umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-11 sinflari misolida)

4

D.M.Sherov


13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi (umumta’lim maktablari 9-10 sinflar misolida)

5

S.S.Mirbabaeva


13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi

Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish jarayonini faolashtirishning innovatsion metodlari

6

N.X.Babadjanova


10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

Ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq mifologik olam manzarasida “odam” mifolegemasining voqealanishi

 

Fan to‘garaklari

“Fakultetlararo chet tillar” kafedrasida turli yo‘nalish talabalari uchun 7 ta to‘garak faoliyat olib bormoqda. Mazkur to‘garaklarda hozirgi kunda 171 nafar talaba ishtirok etmoqda.

1. “Online English” to‘garagi – to‘garak rahbari R.I.Ayatov.

2. “Everest” to‘garagi – to‘garak rahbari N.R.Shodieva.

3. “Everyday English ” to‘garagi – to‘garak rahbari D.M.Sherov.

4. “Step by Step” to‘garagi – to‘garak rahbari N.X.Babadjanova.

5. “Simple English” to‘garagi – to‘garak rahbari G.A.Kayumova.

6. “Succes” to‘garagi – to‘garak rahbari D.B.Otajonova.

7. “Easy English” to‘garagi – to‘garak rahbari F.O.Orazova.