+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

TURIZM FAKULTETI

Fakultet dekani: Maxmudov Muxammadismoil Muxitdinovich
Maxmudov Muxammadismoil Muxitdinovich

Maxmudov Muxammadismoil Muxitdinovich

Fakultet dekani:


Asosiy ma'lumotlar:

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TURIZM FAKULTETI HAQIDA MA’LUMOT

Fakultet dekani: M.M.Maxmudov

O’quv ishlari bo‘yicha dekan muovini: Axmedov Hasan Uzairovich

Ma’naviyat va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini:  Yuldashev Husan Burxanovich

Asosiy ma’lumotlar:

Turizm fakulteti 2021 yil 2-sentabr kuni Gumanitar fanlar fakultetidan ajralib chiqib, mustaqil fakultetga aylangan.

Fakultetda 4 ta kafedra faol ishtirok etadi:

  • Xorijiy til;
  • Fakultetlararo xorijiy tillar;
  • Nemis tili
  • Umumkasbiy va ixtisoslik fanlar;

Turizm fakulteti bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida 794 ta kunduzgi, 109 ta kechki, sirtqi ta’lim yо‘nalishida 22 ta hamda 27 ta magistir talabalari zamonaviy jihozlangan auditoriyalar va laboratoriya xonalarida tahsil olishadi.

Xorijiy til kafedrasida bugungi kunda 15,25 shtat birligida jami 27 nafar professor-о‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 4 nafar fan doktori va professor, 11 nafar fan nomzodi, PhD va dotsentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedradagi ilmiy salohiyat о‘rtacha 55,5% ni tashkil etmoqda.

Fakultetlararo chet tillar kafedrasida asosiy shtatda 11 nafar professor-о‘qituvchilar faoliyat olib boradi, shundan, 2 nafar fan nomzodi, 4 nafar falsafa doktorlari, 5 nafar о‘qituvchilar. Shuningdek, kafedraga yetakchi OTM lardan 3 nafar ilmiy darajali mutaxassislar jalb qilingan. Ilmiy salohiyat 55,5 %.


Umumkasbiy va ixtisoslik fanlar kafedrasi institut Kengashining 2021 yil 04 yanvardagi 1-sonli yig‘ilish bayoni bilan tashkil etilgan bо‘lib, bugungi kafedrada 9,50 shtat birligida jami 13 nafar professor-о‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodi, PhD va dotsentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedradagi ilmiy salohiyat о‘rtacha 38,4% ni tashkil etmoqda

Bugungi kunda 60111800- Xorijiy til va adabiyot [ ingliz tili] yо‘nalishi bо‘yicha о‘zbek va rus tillarida 183 ta bakalavr mutaxassislar tayyorlanayotgan bо‘lib, ularning zamonaviy bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishi uchun, Og’zaki va yozma nutq amaliyoti, amaliy fonetika va amaliy grammatika, xorijiy til kabi fanlar о‘qitilib kelinmoqda. Ushbu mutaxassislik bо‘yicha bakalavr darajasini olgandan sо‘ng umumta’lim maktablari, akademik litseylar va boshqa ta’lim maktablarida ingliz tili fanidan dars berish imkoniyatiga ega bо‘ladi.

Shuningdek 5111400 Xorijiy til va adabiyot [ ingliz tili] ta’lim yо‘nalishida 2-4 kurslarda kunduzgi va kechki ta’lim shaklda jami 494 nafar talabalar о‘qiydi.

Fakultetda 5A111401 Xorijiy til va adabiyot [ ingliz tili] (7 ta), 70111801- Xorijiy til va adabiyot [ ingliz tili] mutaxassisligida (20 nafar) magistrant kadrlar tayyorlanayotgan bо‘lib, ular magistraturani bitirgandan sо‘ng oliy ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida ta’lim berish, rahbarlik va ilmiy-tekshirish institutlarida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.

Shuningdek 61010500 Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati [tillar bo’yicha] ta’lim yо‘nalishida 1- kursda kunduzgi ta’lim shaklda jami 30 nafar talabalar о‘qiydi.

Shuningdek 61010400 Turizm faoliyat yo’nalishlari bo’yicha va 61010600 Turizm soxasida xizmatlar texnologiyasi va ularni tashkil etish ta’lim yо‘nalishlarida 1- kursda kunduzgi ta’lim shaklda jami 76 nafar talabalar va 61010400 Turizm faoliyat yo’nalishlari bo’yicha 1- kursda sirtqi ta’lim shaklda 22 nafar talabalar tahsil oladi.

Shuningdek 61010100 Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yо‘nalishida 1- kursda kunduzgi ta’lim shaklda jami 20 nafar talabalar о‘qiydi.

Fakultetda ilmiy-tadqiqot faoliyati bо‘yicha “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri” va “Toshkent viloyati flora va faunasiga turli omillarning ta’sirini о‘rganish hamda muhofaza choralarini ishlab chiqish”, “Evolyusiya jarayonida vujudga kelgan bioxilma-xilliklarni ilmiy ahamiyatini о‘rganish va genetik-seleksion tadqiqotlar uchun yangi manbalar yaratish” hamda “О‘zbekistonda turizm va rekreatsiyani rivojlantirishning geografik muammolari va imkoniyatlari” mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Fakultet bugungi kunda V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, О‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston), S.Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti va Muxtor Avezov nomidagi janubiy Qozig‘iston davlat universitetlari bilan hamkorlik aloqalari о‘rnatilgan bо‘lib, ular bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2021-2022 о‘quv yilida 5111400- Xorijiy til va adabiyot [ ingliz tili] ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha jami 74 ta bakalavr va 5A111401- Xorijiy til va adabiyot [ ingliz tili] mutaxassisligini 7 nafar magistrlar tamomlayotgan bо‘lib, ular о‘quv jarayoni bilan bir qatorda umumta’lim maktablarida о‘zining pedagogik mahoratini oshirmoqda va ilmiy faoliyat olib borishmoqda.


Qolaversa, 2021-2022 о‘quv yilidan boshlab Chirchiq davlat pedagogika instituti hamda Mogilev nomidagi Belarussiya davlat universiteti bilan ochilgan qо‘shma fakulteti negizida biologiya ta’lim yо‘nalishi ochildi.

Fakultetda о‘quv, ilmiy faoliyat bilan bir qatorda talabalarning ma’naviy dunyoqarashini oshirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda xilma-xil kо‘rik tanlovlar о‘tkazilib kelinmoqda. Ulardan ayrim lavhalar quyida keltirilgan.


 Magistratura Akademik daraja


Oliy ta’lim – bakalavriat

Shifri 

Yо‘nalishlar

Daraja 

60111800

Xorijiy til va adabiyot

[ ingliz tili]

Darajasi: bakalavr

Ingliz tili о‘qituvchisi
kunduzgi о‘qish 4 yil;
о‘qitish tili: о‘zbek va rus

60111800

Xorijiy til va adabiyot

[ nemis tili]

Darajasi: bakalavr

Nemis tili о‘qituvchisi
kunduzgi о‘qish 4 yil;
о‘qitish tili: о‘zbek

61010500

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati [tillar bo’yicha]

Darajasi: bakalavr

Gid va tarjimon
kunduzgi о‘qish 4 yil;
о‘qitish tili: о‘zbek

61010100

Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish

Darajasi: bakalavr

Mehmonxona boshqaruvchisi
kunduzgi о‘qish 4 yil;
о‘qitish tili: о‘zbek

61010400

Turizm faoliyat yonalishlari boyicha

Darajasi: bakalavr

Turizm mutaxasisi
kechki о‘qish 4 yil;
о‘qitish tili: о‘zbek

61010600

Turizm soxasida xizmatlar texnologiyasi va ularni tashkil etish

Darajasi: bakalavr

Turizm xizmatlar texnologi
kechki о‘qish 4 yil;
о‘qitish tili: о‘zbek

60111800

Xorijiy til va adabiyot

[ ingliz tili]

 

Ingliz tili о‘qituvchisi
kechki о‘qish 4,5 yil;
о‘qitish tili: о‘zbek























 Magistratura Akademik daraja

70111801

Xorijiy til va adabiyot

[ ingliz tili]

Darajasi: magistr

Ingliz tili о‘qituvchisi
kunduzgi о‘qish 2 yil;
о‘qitish tili: о‘zbek


Qo'shimcha

TURIZM FAKULTETIga tegishli boshqa ma'lumotlar