
Raximov Atanazar Karimovich
Asosiy ma'lumotlar:
Tabiiy fanlar fakulteti 2019 yil sentabr oyida tashkil topgan bо‘lib, 3 ta kafedra faol ishtirok etadi:
biologiya;
geografiya;
genetika va evolyusion biologiya
Tabiiy fanlar fakulteti bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida 535 ta kunduzgi, 147 ta kechki, hamda 31 ta magistr talabalari zamonaviy jihozlangan auditoriyalar va laboratoriya xonalarida tahsil olishadi. Fakultetda “Agro-bio-geo-kimyo” о‘quv-ilmiy-pedagogik tajriba maydoni majmuasi tashkil etilgan. Majmua quyidagi 4 ta tarkibiy qismdan iborat:
|
|
---|---|
1. Agro (Issiqxona xо‘jaligi)
|
2. Bioekologik maydoncha
|
3. Zamonaviy geografik maydoncha
|
4. Kimyo maydonchasi
|
Fakultetda “Issiqxona xо‘jaligi faoliyatini tashkil qilish va tadbirkorlik” va “Fitobar faoliyati bilan tanishish va yuritish” qо‘shimcha kasbga tayyorlash kurslari tashkil etilgan.
Biologiya kafedrasida bugungi kunda 15,25 shtat birligida jami 27 nafar professor-о‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 4 nafar fan doktori va professor, 11 nafar fan nomzodi, PhD va dotsentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedradagi ilmiy salohiyat о‘rtacha 55,5% ni tashkil etmoqda.
Geografiya kafedrasida asosiy shtatda 11 nafar professor-о‘qituvchilar faoliyat olib boradi, shundan, 2 nafar fan nomzodi, 4 nafar falsafa doktorlari, 5 nafar о‘qituvchilar. Shuningdek, kafedraga yetakchi OTM lardan 3 nafar ilmiy darajali mutaxassislar jalb qilingan. Ilmiy salohiyat 55,5 %.
Genetika va evolyusion biologiya kafedrasi institut Kengashining 2021 yil 04 yanvardagi 1-sonli yig‘ilish bayoni bilan tashkil etilgan bо‘lib, bugungi kafedrada 9,50 shtat birligida jami 13 nafar professor-о‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodi, PhD va dotsentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedradagi ilmiy salohiyat о‘rtacha 38,4% ni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda 60110900-Biologiya ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha о‘zbek va rus tillarida bakalavr mutaxassislar tayyorlanayotgan bо‘lib, ularning zamonaviy bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishi uchun, molekulyar biologiya, genomika va bioinformatika, mikrobiologiya, biokimyo, genetika kabi fanlar о‘qitilib kelinmoqda. Ushbu mutaxassislik bо‘yicha bakalavr darajasini olgandan sо‘ng umumta’lim maktablari, akademik litseylar va boshqa ta’lim maktablarida biologiya fanidan dars berish imkoniyatiga ega bо‘ladi.
Shuningdek 60111000 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yо‘nalishida 1-4 kurslarda kunduzgi va kechki ta’lim shaklda jami 235 nafar talabalar о‘qiydi.
Fakultetda 70110901-Aniq va tabiiy fanlarni о‘qitish metodikasi (biologiya) mutaxassisliga (19 ta), 701110001-Aniq va tabiiy fanlarni о‘qitish metodikasi (geografiya) mutaxassisligida (12 nafar) magistrant kadrlar tayyorlanayotgan bо‘lib, ular magistraturani bitirgandan sо‘ng oliy ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida ta’lim berish, rahbarlik va ilmiy-tekshirish institutlarida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Fakultetda ilmiy-tadqiqot faoliyati bо‘yicha “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri” va “Toshkent viloyati flora va faunasiga turli omillarning ta’sirini о‘rganish hamda muhofaza choralarini ishlab chiqish”, “Evolyusiya jarayonida vujudga kelgan bioxilma-xilliklarni ilmiy ahamiyatini о‘rganish va genetik-seleksion tadqiqotlar uchun yangi manbalar yaratish” hamda “О‘zbekistonda turizm va rekreatsiyani rivojlantirishning geografik muammolari va imkoniyatlari” mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda fakultetda 03.00.07-О‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi va 03.00.04-Mikrobiologiya va virusologiya ixtisossliklari bо‘yicha tayanch doktorantura mavjud.
Fakultet bugungi kunda V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, О‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston), S.Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti va Muxtor Avezov nomidagi janubiy Qozig‘iston davlat universitetlari bilan hamkorlik aloqalari о‘rnatilgan bо‘lib, ular bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
2021-2022 о‘quv yilida 60110900-Biologiya о‘qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha jami 60 nafar, 60111000-Geografiya о‘qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha 33 nafar bakalavr hamda 70110901-Aniq va tabiiy fanlarni о‘qitish metodikasi (biologiya) mutaxassisligini 8 nafar va 701110001-Aniq va tabiiy fanlarni о‘qitish metodikasi (geografiya) mutaxassisligini 4 nafar magistrlar tamomlayotgan bо‘lib, ular о‘quv jarayoni bilan bir qatorda umumta’lim maktablarida о‘zining pedagogik mahoratini oshirmoqda va ilmiy faoliyat olib borishmoqda.
Qolaversa, 2021-2022 о‘quv yilidan boshlab Chirchiq davlat pedagogika instituti hamda Mogilev nomidagi Belarussiya davlat universiteti bilan ochilgan qо‘shma fakulteti negizida biologiya ta’lim yо‘nalishi ochildi.
Fakultetda о‘quv, ilmiy faoliyat bilan bir qatorda talabalarning ma’naviy dunyoqarashini oshirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda xilma-xil kо‘rik tanlovlar о‘tkazilib kelinmoqda. Ulardan ayrim lavhalar quyida keltirilgan.
Fakultetda quyidagi ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari bо‘yicha malakali kadrlar tayyorlash yо‘lga qо‘yilgan:
Oliy ta’lim – bakalavriat |
||
Shifri |
Yо‘nalishlar |
Daraja |
60110900 |
Biologiya Darajasi: bakalavr |
Biologiya va kimyo о‘qituvchisi
|
60111000 |
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari Darajasi: bakalavr |
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari о‘qituvchisi
|
60110900 |
Biologiya о‘qitish metodikasi Darajasi: bakalavr |
Biologiya о‘qituvchisi
|
60111000 |
Geografiya о‘qitish metodikasi Darajasi: bakalavr |
Geografiya о‘qituvchisi
|
60110900 |
Biologiya Darajasi: bakalavr |
Biologiya va kimyo о‘qituvchisi
|
60111000 |
Geografiya о‘qitish metodikasi Darajasi: bakalavr |
Geografiya о‘qituvchisi
|
Magistratura Akademik daraja
70110901 |
Aniq va tabiiy fanlarni о‘qitish metodikasi (biologiya) Darajasi: magistr |
Biologiya о‘qituvchisi
|
701110001 |
Aniq va tabiiy fanlarni о‘qitish metodikasi (geografiya) Darajasi: magistr |
Geografiya о‘qituvchisi
|