+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI

Fakultet dekani: Кутлимуротов Алланазар Раззакбердиевич
Кутлимуротов Алланазар Раззакбердиевич

Кутлимуротов Алланазар Раззакбердиевич

Fakultet dekani:


Asosiy ma'lumotlar:

Matematika va informatika fakulteti Institut rektorining buyrug‘i bilan 2021 yil 4 yanvarda Aniq fanlar fakulteti negizida alohida fakultet sifatida tashkil etildi. Fakultetda 51 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar, ulardan 2 nafari fan doktori, 11 nafari fan nomzodlari, 11 nafari katta o‘qituvchilar va 27 nafari o‘qituvchilar.

Fakultetning tuzilmasi:

- Matematika kafedrasi;

- Informatika kafedrasi;

- Matematika va IT-markazi;

 

Fakultet ta’lim yo‘nalishlari:

Bakalavriat

Yo‘nalish kodi

Ta’lim yo‘nalishi

O‘qish muddati va ta’lim tili

5110100

Matematika va informatika

4 yil

o‘zbek va rus

 

Magistratura

mutaxassislik kodi

Mutaxassislik 

O‘qish muddati va ta’lim tili

5A110101

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)

2 yil

o‘zbek

 

Tayanch doktorantura

Ixtisoslik shifri

Ixtisosligi

O‘qish muddati va ta’lim tili

01.01.01

Matematik analiz

(fizika-matematika fanlari falsafa doktori, PhD)

3 yil

o‘zbek

 

Hozirgi kunda fakultetda kunduzgi va kechki bo‘limlarda 834 nafar, sirtqi bo‘limda 436 nafar va magistratura bo‘limida 29 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetda talabalar uchun zamonaviy kompyuter zallari, axborot-resurs markazi mavjud hamda kafedralar qoshida to‘garaklar, qo‘shimcha kurslar tashkil etilgan va talabalar sifatli ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.




Matematika va IT-markazi faoliyati:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 2021 yil 14 aprelda “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi № 213 sonli qarorida belgilangan vazifalarni ijrosi bo‘yicha Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida Matematika va informatika fakulteti tarkibida “Matematika va IT-markazi” o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu markazda quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boriladi:

Matematika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslari:

  • Quyi (5-8) sinf o‘quvchilari uchun Matematika kursi;
  • Yuqori (8-11) sinf o‘quvchilari uchun Matematika kursi;

Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslari:

Matematika va informatika yo‘nalishi talabalari uchun:

  • Dasturlash tillari;
  • Kompyuter grafikasi;
  • Web dizayn;

OTM nomutaxassis talabalari uchun:

  • Ofis dasturlari;

Institutga biriktirilgan mahallalar yoshlari uchun:

  • Kompyuter savodxonligi;
  • Ofis dasturlari;

Kompyuter va internet tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish, ma’lumotlarni topishni va undan to‘g‘ri foydalanishni xohlovchi yoshlar uchun quyidagi o‘quv dasturlari asosida mashg‘ulotlar olib boriladi:

  • 1-Modul: Asosiy tushunchalar
  • 2-Modul: Ofis dasturiy ta’minoti
  • 3-Modul: Internet
  • 4-Modul: Onlayn ijodkorlik

Respublika IT- parki bilan tuzilgan shartnoma asosida xamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kelajakda markazda bevosita talabalar ishtirokida START-UP loyihalarini bajarish mo‘ljallangan.





Qo'shimcha

MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETIga tegishli boshqa ma'lumotlar