Tillar:       O'z       En       Ру    

Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning innovatsion usullari

/ Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. / Ташкентская область Чирчикский педагогический институт / Chirchiq State Pedagogical Institute of Tashkent region.  / Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning innovatsion usullari / elonlar / malumotnoma /   /

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida 2020 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida»gi 56-f-sonli Farmoyishi va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 16 apreldagi 87-03-1374 sonli Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2020 yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘grisida buyrug‘i asosida 2020 yil 22-23 oktabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining  “Informatika” kafedrasi tomonidan “Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning innovatsion usullari”  mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi  ZOOM platformasi orkali  anjuman o‘tkazilmoqda.

2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning tashabbusi bilan tashkil etilgan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti qisqa muddat davomida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.

Jumladan bugun institutda boshlangan ilmiy-amaliy anjuman Respublikamizning turli vazirlik va boshqarmalardan, 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, 30 ga yaqin ilmiy tadqiqot institutlari, 20 dan ortiq akademik litseylar, 28 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 150 ga yaqin professor-o‘qituvchilar professor-o‘qituvchilar o‘z maqolalari bilan ishtirok etishmoqda.

Ushbu respublika ilmiy-amaliy anjumanda Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlaridan tashrif buyurgan akademiklar, professorlar, yosh olimlar, doktorantlar va talabalardan iborat 30 nafar ma’ruzalar tinglanishi mo‘ljallangan.

Posted in Institut E'lonlari on okt 21, 2020

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.