Tillar:       O'z       En       Ру    

E'lon!!!

/ Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. / Ташкентская область Чирчикский педагогический институт / Chirchiq State Pedagogical Institute of Tashkent region.  / E'lon!!! / elonlar / elon444 /   /

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil
13 sentyabrdagi 87-03-3450-sonli modemnomasiga asosan 2020 yil uchun Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida tayanch doktoranturaga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun quyidagi qabul kvotalari ajratildi:

T/r

Oliy ta’lim
muassasasining nomi

Ixtisoslik shifri

va nomi

2020 yil uchun ajratilgan kvotalar soni

Tayanch doktorantura

Doktorantura

1.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

01.03.01-Astronomiya

1

 

2.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

02.00.03-Organik kimyo

1

 

3.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

02.00.06-Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi

1

 

4.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

07.00.01-O‘zbekiston tarixi

1

 

5.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

10.00.01-O‘zbek tili

1

 

6.

Jami

5

 

 

Mazkur kvotalarga talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonlari institutda tashkil etilgan qabul komissiyasi tomonidan 2019 yilning 15 sentyabridan 15 oktyabrigacha amalga oshiriladi.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagilarga ega bo‘lishlari kerak:

magistr darajasiga, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha);

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradilar.

Ma’lumot uchun: Tayanch doktoranturada tahsil olish bo‘yicha shartlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi
304-sonli qaroridan olish mumkin.

Posted in Institut E'lonlari on sen 23, 2019

Izoh qoldirish

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.