Tillar:       O'z       En       Ру    

Talabalar diqqatiga!!!

/ Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. / Ташкентская область Чирчикский педагогический институт / Chirchiq State Pedagogical Institute of Tashkent region.  / Talabalar diqqatiga!!! / elonlar / Talabalar-diqqatiga /   /

 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti sirtqi taʼlim 1-bosqich talabalari diqqatiga!
Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash olib borilayotgani barchamizga maʼlum!
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan koronavirusning tarqamasligining oldini olish maqsadida koʼp ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, oʼrta-mahsus hamda oliy taʼlim tizimining barcha sohalarida taʼlim berish jarayonlarining masofaviy tizimi tashkil etildi.
Hozirgi kunda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida ham oʼqish jarayonlarini masofadan olib borish imkoniyati yaratildi. Fursatdan foydalanib talabalar eʼtiboriga shu maʼlum qilmoqchimiz, sirtqi boʼlimning 1-bosqich talabalari uchun masofadan oʼqish jarayoni jadval boʼyicha 2020 yil 13 apreldan boshlanadi.
Institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-oʼqituvchilari va boshqa oʼquv- yordamchi xodimlar koʼmagida sirtqi boʼlimda tahsil oladigan talabalar uchun institut (dl.cspi.uz) saytida maxsus platforma tashkil qilingan.
Ushbu platformaga semester davrida oʼtiladigan fanlar boʼyicha talabalar uchun toshiriqlar joylashtirilmoqda. Institutda tahsil olayotgan talabalarning saytda yaratilgan platformadan unumli foydalanishlari maqsadida har bir talaba uchun alohida Login va Parol beriladi.
Institutimiz kafedra mudirlari, professor-oʼqituvchilari va masʼul xodimlar talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishga tayyor.
Hurmatli talabalar! Biz har doim Sizlar bilan birgamiz. Uyda boʼling. Bilim oling.

Posted in Institut E'lonlari on apr 10, 2020

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.