Tillar:       O'z       En       Ру    

Buxgalteriya


Bo'lim boshlig'i:

  Ismadiyarov Abduraxmon Karshiboyevich            

Qabul kunlari:
Dushanba-Shanba, 14:00 - 17:00

Tamomlagan:

2002 y. Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston milliy universiteti

Telefon:

Faks:

e-mail:


TVCHDPIning buxgalteriya bо‘limi institutning tarkibiy bо‘limi hisoblanadi. Bо‘lim о‘z faoliyatini  О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari hamda buyruqlari, Institut Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, institut Ustavi va buxgalteriya bо‘limi Nizomi  asosida ish ish olib boradi.

Buxgalteriya bо‘limi xodimlari quyidagi vazifalarni ta’minlaydi:

  • О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan meyoriy xujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil etishni ta’minlash;
  • Professor-о‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini о‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatishni nazorat qilish;
  • Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish, mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni о‘z muddatlarida о‘tkazish;
  • Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
  • Debitor va kreditorlik qarzdorliklar paydo bо‘lishini oldini olish;
  • Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari asosida tо‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
  • Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida tо‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
  • Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida institut omboriga kirim va chiqim qilishni nazorat qilish;
  • Asosiy vositalar, moddiy boyliklar,  va pul mablag‘larni inventarizatsiyasini о‘rnatilgan tartibda о‘z vaqtida о‘tkazish;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bо‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
  • Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik, yillik hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishini ta’minlash.

Institutda yuz berayotgan yangiliklarni elektron pochtangizga yuborilishini istaysizmi?

Quyidagi oynada siz o'z email-pochtangizni faollashtirsangiz, har bir yangilik pochtangizga yuboriladi.