Chop etdi: ADMIN | Ko'rildi: 1083 marta
Tegishli bo'limi: Boshqa e'lonlar
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Psixologiya fakulьteti Pedagogika va psixologiya yoʼnalishi talabasi – Sanjar Tursunbaev tashabbusi bilan “Emotsional gigiena targʼibotchi-psixolog” mavzusidagi koʼngilli yoshlar oʼquv-ijtimoiy loyihasi ish boshladi. Mazkur loyihaning bosh maqsadi, maqsadi yoshlar oʼrtasida sogʼlom psixologik hayot tarzini qaror toptirish, emotsional gigienani mustahkamlash orqali, yoshlarda stress-dipressiyaga qarshi psixologik imunitetni hosil qilish, emotsional, hissiy, aqliy zoʼriqishlarni, millat genafondini saqlash, jismonan va maʼnan yetuk inson qilib shakllantirishdan iborat. Loyiha haftaning seshanba va payshanba kunlari institut qoshida tashkil etilgan “Pedagogika va psixologiya” markazida boʼlib oʼtadi. Psixologiya sohasiga qiziqqan yoshlarni mazkur loyihada ishtirok etishga chorlaymiz.
Murojaat uchun: ?90-960-54-04 (Sanjar)
Kanalga ulanish:
????
https://t.me/tvchdpi2017